Şanba kuni Angliya Premer Ligasida turnir tarixida durdonaga aylangan qarama-qarşilikning navbatdagi töqnaşuvi bölib ötadi. «Arsenal» öz maydonida «Mançester Yunayted»ni qabul qiladi. Hozirda ligada kuçli jamoalarning köpaygani tufayli, deyarli har turda bunday, ammo dastlabki yillarda bu jamoalarning özaro öyini xuddi El-klasikodek kutilgan. E'tiboringizga öşa öyinlardan eng maşhuri, hattoki vikipediyada alohida sahifalar oçilgan tarixiy voqea haqida ma'lumotlar havola qilamiz.
2004/05 yilgi mavsumning 10-turi doirasida, 24 oktabrda bölib ötgan bu uçraşuv «Bufet jangi» (Battle of the Buffet) nomi bilan tarixga kirgan. Avval bu öyinni «Old Trafford jangi-2» deb ham ataşgandi, zero 2003 yilda bölib ötgan öyinning davomi sifatida e'tirof etilgan.
Öşa 2003 yilda bölib ötgan «Old Trafford jangi» (The Battle of Old Trafford)da hisob oçilmagan. Öyin Ruud van Nistelroyning sönggi daqiqalardagi amalga oşirolmagan penaltisi va uning «Arsenal» futbolçilari bilan janjali orqali yodda qolgan.


Nistelroyga işlatilgan qöpollik uçun Patrik Viyeyra ikkinçi sariq kartoçkasini olib maydonni tark etgan, öyindan keyin esa, Viyeyra hamda Arsen Venger niderlandiyalik hujumçini simulatsiyada ayblagandi.

Öşa öyindan keyin, «Arsenal»ning 4 futbolçi diskvalifikatsiyaga uçragan va Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan 275 ming funtga jarimaga tortilişgandi.
Bugun biz e'tibor qaratayotgan uçraşuv mana şu voqealardan keyingi dastlabki töqnaşuv edi. Şuningdek, «Arsenal»ning 49 öyindan beri mağlubiyat nimaligini bilmay kelayotgani öyinning ahamiyatini yanada oşirgan bölişi tabiiy. «Mançester Yunayted» öşa pallada peşqadamdan 11 oçko ortda borayotgandi.
Öyin oldidan bölib ötgan matbuot anjumani boksçilarning taroziga çiqiş marosimini eslatib yuborardi.
«Arsenal» futbolçilarining sönggi öyindagi qiliqlari – mening sportda körgan eng jirkanç harakatlardir», – deydi Aleks Fergyuson.
«Balki bizni devorga terib qöyib, hammamizni otib taşlarsiz. Şunda qutulasiz», – deb javob beradi Arsen Venger.
Uçraşuvda «Mançester Yunayted» 2:0 hisobida ğalaba qozondi va «Arsenal» mağlubiyatsiz seriyasini 50ta öyinga yetkazişiga yöl qöymaydi. Öyin turli bahsli vaziyatlarga boy böldi, har ikki tomon bir-birini sport qoidalariga amal qilmaslikda, simulatsiyada aybladi, hakam ustidan şikoyat yoziladi.
Keskin ötgan öyinning 72-daqiqasigaça hisob oçilmagandi. Ueyn Runi jarima maydoni içkarisida Sol Kempbell bilan töqnaşadi va yiqilib tuşadi. Kempbell qoida buzmaganini ta'kidlagan bölsa-da, boş hakam Mayk Rayli penalti belgilaydi.

Ruud van Nistelroy penaltini aniq amalga oşiradi, sönggi daqiqada esa, Ueyn Runi hisobni 2:0 körinişiga yetkazdi.

Öyin tugagaç, Sol Kempbell Runiga qöl berişdan boş tortdi, «Old Trafford» yölagida esa, har ikki jamoa futbolçilari bir-birlarini haqorat qila boşladilar. Hatto «Arsenal» futbolçilaridan biri Aleks Fergyusonni «pitssa» bilan siylagani haqida xabarlar tarqaldi. Keyinçalik, Eşli Koul öz avtobiografiyasida bu voqeani esga oldi va öşanda pitssani Fabregas irğitganini oşkor qildi, ammo Koul Sesk murabbiyni nişonga olmaganini ta'kidladi. Şu yili Sesk Fabregasdan ham bu haqida söraşdi: «Ha, pitssani men otgan edim. Bir neça «MYu» futbolçisi töplanib turgan tarafga qarab otdim, ammo tasodifan u Fergyusonga borib tegdi», – dedi ispaniyalik yarim himoyaçi.

Fergyuson bu voqeani şarhlaşni istamadi, uni köproq hamkasbining harakatlari qiziqtirar edi göyo.
«Tunnelda Arsen Venger mening futbolçilarimni qöpollikda, simulyatsiyada ayblay boşladi. Men unga şogirdlarimni tinç qöyişni va öz futbolçilari bilan şuğullanişini maslahat berdim. U hatto şogirdlari qilgan iş uçun uzr ham söramadi. Men buni kutganim ham yöq edi, Venger – özi şunaqa odam», – dedi şotlandiyalik murabbiy.

«Arsenal» boş murabbiyi Arsen Venger öyindan keyingi matbuot anjumanida Runini simulatsiya işlatganlikda aybladi. Tabiiyki, uçraşuv boş hakami Mark Rayli ham Vengerning tanqidlari ostida qoldi. Ruud van Nistelroyga nisbatan Eşli Koulga qilingan qöpolligi uçun ayblov e'lon qilindi. Hujumçi aybini tan oldi va uç öyinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Biz bu öyinning mavsumdagi eng jiddiy töqnaşuv bölişini bilardik. Rayli öyinga xalaqit bermaslikni maqsad qildi. Öyinning erkinroq ötişini ta'minlaş va futbolçilarning emotsiyaga berib ketmasliklarini oldini olişga urindi va öylaymizki, hakam bu vazifani a'lo darajada bajardi», – deb vaziyatga izoh berdi APL hakamlar qömitasi boşliği Keyt Hakett.
«Rayli öyin natijasini hal qildi va bu işni u «Old Trafford»da juda yaxşi uddalaşini bilamiz. Penalti bilan boğliq vaziyat notöğri qaror bilan tugadi, axir Runining özi ham kontakt bölmaganini aytib turibdi-ku? Biz faqat öz öyinimizni yaxşilaş ustida işlay olamiz, ammo hakamlarni yaxşi qilib qöya olmaymiz. Biz doimo «Mançester Yunayted» stadionida öynasak, va ularga gol kerak bölsa, hakamlar penalti belgilaşiga örganib qoldik. Ötgan safar ham şunday bölgan edi». Arsen Vengerni töxtatib bölmay qolgandi.
«Heç qaysi öyinda meni bu qadar köp tepişmagandi», – deb eslaydi «Arsenal»ning sobiq ispaniyalik hujumçisi Xose Antonio Reyyes.
«Bunday voqealarga könikiş kerak, biz könikib böldik», – dedi öşa paytlarda Roy Kin bilan özaro janjallari bilan maşhur bölgan Patrik Viyeyra.
Öşa mavsumdagi javob öyini oldidan, «Hayberi»da Roy Kin va Viyeyra çiqiş yölaklarida urişib ketişdi. Avvaliga Viyeyra Gari Nevilni ataylab turtib ötib ketdi. Viyeyra himoyaçi«Old Trafford»dagi öyinda Xose Antonio Reyyesga qilgan qöpolliklarini eslatdi. Janjalga Roy Kin aralaşdi va faqat boş hakam Grem Polning kelib qolişi vaziyatni yumşatdi.

Öyin «MYu»ning 4:2 hisobidagi ğalabasi bilan tugadi. Bu öyin ham juda keskin ötib, mehmonlardan Mikayel Silvestr maydondan çetlatilgandi.

«Yunayted» mavsumdagi bu janglarni yenggan bölsa-da, yakunda çempion böla olmadi. «Arsenal» ham unvonni himoya qilişning uddasidan çiqmadi «Çelsi»dagi ilk mavsumini ötkazgan Joze Mourino uzoq yillik tanaffusdan söng, londonliklarni çempionga aylantirdi.
Öşa öyinlarda qatnaşgan futbolçilardan faqat Ueyn Runi hozirda futbol öynamoqda, u ham «Everton» safida.

Indinga böladigan öyinning qahramonlari ham boşqa. «Arsenal» öşa mağlubiyatsiz ötkazgan mavsumidan keyin çempion böla olgani yöq. «Mançester Yunayted» esa, bir neça yildan buyon Fergyuson davrini tiklaşga muvaffaqiyatsiz urinmoqda. Premer Ligasining azaliy töqnaşuvidagi navbatdagi sahifa ham juda qiziq ötişi şubhasiz.












