«Mançester Yunayted» rasman Maykl Kerrikni isteʼfoga çiqardi va yaqin orada yangi boş murabbiy nomi maʼlum bölişini bildirdi.

Oktabr oyida «Bornmut» bilan öyinda uçralgan mağlubiyatdan (0:3) keyin klub rahbariyati murabbiyga xalqaro tanaffusgaça vaqt bergandi. Ammo bu yordam bermadi: «MU» keyingi öyinlarda «Çelsi»ga yutqazdi (0:2), Çempionlar ligasida «Roma» bilan öyinda kambek amalga oşirdi (3:2), ötgan dam oliş kunlarida esa «Aston Villa»ga qarşi öyinda qöşimça daqiqalarda urilgan ikki gol evaziga mağlubiyatdan qutulib qoldi (4:4).

«Yunayted» APLning 10 turidan keyin turnir jadvalida atigi sakkiz oçko töplagan holda 18-poğonada joylaşgan. Jamoaning keyingi öyini 22-noyabr kuni «Enfild»da «Liverpul»ga qarşi bölib ötadi.

Holbuki Kerrikning klub qaytişi muvaffaqiyatli keçgandi. U yanvar oyida jamoani vaqtinça boş murabbiy sifatida Ruben Amorimdan qabul qilib olgaç, 17 öyinda 12 ğalabaga erişib, «MU»ni Çempionlar ligasiga olib çiqqan, may oyida esa 2028-yil yoziga qadar amal qiluvçi tölaqonli şartnoma tuzgandi – ammo u yangi mavsumda yarim yil ham işlay olmadi. Maykl – jamoaning sönggi ikki yil içida isteʼfoga çiqarilgan uçinçi murabbiyiga aylandi. Klub rahbariyati 2024-yil 28-oktabrida Erik ten Hagni, 2026-yil 5-yanvarida Amorimni işdan böşatgandi.

Rahbariyat rasmiy eʼlongaça Kerrikni bu haqda ogohlantirmagan

The Athletic naşri jurnalisti Devid Ornşteynga köra, «MU» Kerrikni isteʼfoga çiqariş haqidagi qarorni duşanba tongidayoq qabul qilib bölgandi. Ammo bu haqda murabbiyga xabar berişga şoşilişmagan.

Maykl sönggi kunlar mobaynida Karringtonda işlaşda davom etgan. U payşanbagaça futbolçilarni şuğullantirgan, şundan keyin jamoa taʼtilga yöl olgan. Payşanba kuni ham Maykl bazaga kelgan, faqat şundan keyingina klub boş direktori Omar Berrada va sport işlari direktori Jeyson Uilkoks unga işdan böşaganini bildirişgan.

Çorşanba kuni rahbariyat vakillari Monakoga borib, Ineos boş direktorlari yiğilişida iştirok etgan. BBC jurnalisti Sami Mokbelga köra, öşa yiğilişda yakuniy qaror qabul qilingan. Ornşteynning sözlariga köra, safar oldindan rejalaştirilgandi, Jim Retkliff qöl ostidagilarga öşa yerda bölişni buyurgan. Jurnalistning fikriça, baribir Kerrik bilan şaxsan gaplaşib oliş töğri bölardi: «Heç bölmaganda hurmat yuzasidan».

talkSPORT naşri vakili Aleks Kruk Kerrik çorşanba kuni ham öz isteʼfosi haqida bexabar edi, bu vaqtda esa barça manbalar Maurisio Poçettino bilan kelişuvga erişib bölingani haqida xabar tarqatayotgandi. The Athletic naşri jurnalisti Endi Mitten aniqlik kiritdi: boş direktor Omar Berrada buni Mayklga telefonda emas, yuzma-yuz uçraşuvda bildirmoqçi bölgan. Krukning sözlariga köra, futbolçilar ham bu haqda keyingi murabbiy kim bölişidan xabardor edi.