Kerrik şogirdlari «Aston Villa»ga qarşi öyinning qöşimça daqiqalarida ikkita gol urib, mağlubiyatdan qutulib qoldi, ammo hamon turnir jadvalining quyi qismida qolmoqda; «Barsa» Madridda ğalaba qozonib, turnir jadvalidagi peşqadamligini mustahkamladi.
«Liverpul» bu mavsumda «Enfild»da köp oçko yöqotmoqda (2 mağlubiyat, 2 durang va atigi bir ğalaba), şu bilan birga safar öyinlarida liganing eng kam oçko yöqotgan jamoasi bölmoqda (faqat 1-turda «Nyukasl» maydonida durang öynagan, qolgan barça uçraşuvlarda ğalaba). 10-turda Londonga safar qilgan mersisaydliklar dastlabki beş safar öyinida 13 oçko jamğargan holda klub rekordini takrorladi. Qolaversa, Andoni Iraola jamoasi uçun bu ğalaba «Çelsi»ni quvib ötib, törtinçi öringa kötarilişni taʼminladi.
Yakşanba kungi öyinni amalda birinçi bölim oxirida Mak Allister urgan gol hal qildi, argentinalik yarimhimoyaçi Soboslai jarima zarbasidan oşirgan töpga barçadan oldinroq ulgurdi. Ikkinçi bölim boşida esa mehmonlar öng qanotdan uyuştirgan hujum Barkolyaning Virsga golli uzatma berişi bilan yakunlandi. Öyinning sönggi daqiqalarida Florian töpni qizğanmadi va yanada qulayroq pozitsiyada turgan Isakka assistentlik qildi.
«Pelas» qöşimça daqiqalarda penaltidan bitta javob golini urdi, ammo bu jamoa boş murabbiyi Pier Sajni isteʼfodan qutqara olmadi. Londonliklar 10 turda atigi 7 oçko jamğargan holda turnir jadvalining 20-poğonasida qolmoqda.
18 yil-u 7 kun oldin Henderson «Sanderlend» safida «Çelsi»ga qarşi öyinda professional faoliyatini boşlagandi. Yakşanba kungi öyinda esa u endi londonliklar jamoasi safida «qora muşuklar»ga qarşi safar öyiniga keldi va yubileyini nişonladi. Bu uning klublar miqyosidagi 700-öyini edi. Ammo bu oqşomda Habi Alonso jamoasi uçun bundan boşqa ijobiy voqea bölmadi.
Birinçi bölimda penaltidan gol ötkazib yuborgan mehmonlar öyin oxirigaça çempionatning oxirgi örnida turgan jamoaga qarşi heç narsa qila olişmadi. Alonso ikkinçi bölimda almaştirişlar qildi, Kaysedoni markaziy himoyada öynatdi, ammo «Çelsi» bu oqşom oçko olişga loyiq öyin körsatmadi. Ikkinçi bölimdagi eng yaxşi vaziyat ham «Sanderlend»da böldi. 77-daqiqada Izidor darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib bordi, ammo Penders öz vaqtida joyini tark etdi va xavfli vaziyatni bartaraf etdi.
Bu ğalaba evaziga «Sanderlend» onlayn jadvalda «Kristal Pelas» va «Mançester Yunayted»ni quvib ötib, 18-öringa kötarildi. «Çelsi» esa «Liverpul»ni oldinga ötkazib yubordi va faqat qöşimça körsatkiçlar hisobiga «Everton»ni ortda qoldirib, beşinçi örinda joylaşgan.
«Brayton» bu safar ham olis masofadan urilgan gol bilan hisobni oçdi, Gomesning zarbasida kutilgan gol körsatkiçi atigi 0,04 xğga teng edi. Keyin esa «Brentford» hujumçisi Igor Tiago mezbonlarning vazifasini osonlaştirdi. 23-daqiqada u «çaykalar» futbolçisi Çema Andresning qöpolligini özi jazolaşga qaror qildi va uning yuziga urib yubordi. Hakam avvaliga unga sariq kartoçka körsatgandi, videotakrordan keyin kartoçkaning ranggi özgardi. Bölim oxirida Gros penaltini aniq ijro etib, öyin taqdirini hal qildi.
Navbatdagi quruq ğalabadan keyin (10 öyindan 7 tasida darvoza daxlsizligi saqlab qolingan) «Brayton» turnir jadvalida «Mançester Siti»ni quvib ötdi va ikkinçi öringa kötarildi. Peşqadam «Arsenal» bilan farq 5 oçkoni taşkil etmoqda.
Ötgan hafta örtasida «MU» YeÇLda «Roma» (3:2) bilan öyinda kambek uyuştirib, «Old Trafford»da yiğilgan muxlislar uçun bayram uyuştirib bergandi. Ammo tabiiyki, «qizil iblislar» «Aston Villa»ga qarşi öyinga ham uşbu ssenariyni takrorlaş uçun maydonga çiqmagandi. Ammo öyinning dastlabki daqiqalaridayoq tablodagi hisob 0:2 körinişini oldi – öyin startidan 3 daqiqayu 40 soniya ötganida ikki gol ötkazib yuborilişi APL tarixidagi antirekordga aylandi.
Birminghemliklar Unai Emerini APLdagi 200-öyini bilan tabriklaş uçun maydonga tuşişgandi va bu borada Alisson barçadan köra jonbozlik körsatdi. Braziliyalik vinger avvaliga hisobni oçdi, köp ötmay uning zarbasidan keyin Lammens töpni qölidan çiqarib yubordi va Jekson barçadan ildamroq harakat qilib, hisobdagi farqni oşird.
Ammo 16-daqiqada Kamara jarima maydoni içida Mateus Kunyani yiqitdi va Brunu Fernandeş belgilangan penaltini aniq ijro etdi. Bölim oxirida Mazraviy Tilemansni golli vaziyatga çiqardi va yozda «Aston Villa»dan kelgan belgiyalik yarimhimoyaçi yangi jamoasidagi ilk golini sobiq jamoasi darvozasiga kiritdi – 2:2.
Ammo ikkinçi bölimda «MU» barçasini yana qaytadan boşlaşiga töğri keldi. Avvaliga Diogu Dalot Alisson bilan duelni boy berdi. Portugaliyalik himoyaçi jarima maydoni içida fol işlatdi va Makginn penaltini aniq ijro etib, yana mehmonlarni hisobda oldinga olib çiqdi. Keyin esa standart vazityada mezbonlarning boşqa bir himoyaçisi Yoro qöpol xatoga yöl qöydi, u öz darvozasini işğol etib qöyişi mumkin edi, Lammens töpni tösinga yönaltirib yubordi, ammo qaytgan töpga Goretska birinçi bölib yetib keldi va Angliyadagi ilk golini nişonladi.
Hisob 2:4 körinişini olgaç, barça Maykl Kerrik şu turdayoq isteʼfoga çiqarilişini taxmin qila boşladi, ammo «Yunayted» futbolçilari öyinning sönggi 15 daqiqaligida şturm uyuştirişdi. Murabbiy ham töğri almaştirişlarni amalga oşirdi. Mauntning zarbasi darvoza tösiniga tegişi mehmonlar uçun ogohlik qönğiroği edi. Öyinga qöşib berilgan daqiqalar boşlanganida Zirkze Dorguning qanotdan uzatmasini golga aylantirdi, hakam tomonidan qöşib berilgan oltinçi daqiqada esa hisob tenglaşdi – burçak zarbasiga Lammens ham yetib keldi va hamkasbi Sudzuki töpga çiqişiga tösqinlik qildi, Dorgu esa bundan foydalanib, darvozani işğol qildi.
«Qizil iblislar» xalqaro tanaffusga 18-poğonada yöl olayotgan bölsa-da, sönggi ikki öyindagi qahramonliklar Kerrikning foydasiga işladi.
Ispaniya çempionatining 12-turi doirasida «Barselona» va «Atletiko» örtasidagi bahs peşqadamlik uçun bahsga aylandi. Öyin startidan oldin La Ligada peşqadam «Real» bölib turgandi, ammo bu öyin qanday natija bilan yakunlanişidan qatʼi nazar Joze Mourinio jamoasi ikkinçi öringa tuşişiga töğri kelardi. Birinçi öringa qaytiş uçun «Barsa»ni durang natija ham qanoatlantirar, «Atletiko»ga faqat ğalaba kerak edi.
Madridliklar La Liganing sönggi yetti turini oçko yöqotişsiz ötkazgandi. «Barsa» esa klasikodagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin «Alaves»ni yirik hisobda mağlub etgandi. Ammo Hans-Diter Flikda tarkib bilan boğliq muammolar paydo bölgan. Masalan, «Atletiko» bilan öyinda u Rodri, Havi Espart, Dani Olmo va Jyul Kundening xizmatlaridan foydalana olmasdi. Mezbonlarda esa birgina Kristian Romero jarohatda.
Rodri maydonda emasligi öyin startida sezildi. «Atletiko» ilk daqiqalardan hujumga taşlandi. Hulian Alvares tezkor gol muallifiga aylanişi mumkin edi: oltinçi daqiqada uni Joan Garsiya bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqarib yuborişgandi, ammo argentinalik hujumçi sustkaşlikka yöl qöydi va vaziyatni qöldan çiqardi. Şu vaziyatda işlangan burçak zarbasida esa Pubil boşda yöllagan zarbadan keyin töp darvoza tösiniga tegdi.
Bunga mezbonlar ham xuddi xavfli hujum bilan javob qaytarişdi. Bu hujumda Pedrining zarbasidan keyin töp darvoza ustuniga bordi. Biroz ötib Alvares baribir golli harakat amalga oşirdi. 10-daqiqada Hulian «Barsa» jarima maydoniga yorib kirib, töpni darvozabon maydonçasida böş qolgan Juliano Simeonega yetkazdi va hisob oçildi.
Birinçi bölim örtalariga qadar «Atletiko» raqibga qaraganda keskinroq va hujumlarda aniqroq harakat qildi. Simeone jamoasi bir neça bor ikkinçi golga yaqin keldi. Alvares yana bir qulay vaziyatdan foydalana olmadi.
Bölimning ikkinçi qismida esa «Barselona» asta-sekin taşabbusni qölga ola boşladi. Birinçi bölim statistikasiga köra «Atletiko» uçta golli vaziyat yaratgan, «Barsa»da – atigi bitta. Ammo şu vaziyat kataloniyaliklar tanaffusga hisobni tenglaştirgan holda yöl olişi uçun yetarli böldi. Ötgan turda Fermin Lopes «Alaves» darvozasiga 1 gol urib, 2 golga uzatma bergandi. Endi esa yoş yarimhimoyaçi Madriddagi öyinda ham hisobni tenglaştirdi.
Tanaffusdan keyin «Barselona» töpga egalik qilişda davom etdi. Frenki de Yongning maydonga çiqişi ham vaziyatni yaxşiladi. Alvares imkoniyatlarni yöqqa çiqarişda davom etdi.
Huliandan farqli ölaroq, Fermin raqibni ayab ötirmadi. 66-daqiqada ispaniyalik futbolçi dublni rasmiylaştirdi. Şu pallagaça öyinda deyarli sezilmagan Lamin Yamal jarima maydoniga ajoyib uzatma berdi, Lopes esa David Ganskodan ildamroq harakat qilib, yaqin masofadan töpni burçakka aniq yönaltirdi.
«Barselona» öyin davomida kuçini ajoyib taqsimlay oldi. Hisob 2:1 körinişiga kelganida kataloniyaliklarda hali köproq kuç qolgandi. «Atletiko» esa birinçi bölimni kuçli ötkazdi, ammo ikkinçi bölimda tez çarçadi.
«Barsa» turnir jadvalidagi peşqadamlikni qaytardi va xalqaro tanaffusga «Real»dan uç, «Atletiko»dan beş oçko köp töplagan holda yöl oldi.