Özbekiston Respublikasida Rossiya tomoni iştirokida 950dan ortiq korxona faoliyat yuritadi, jumladan qariyb 810tasi qöşma va 150tasi 100 foiz Rossiya kapitaliga ega korxonalar. Xususan, Rossiya Federatsiyasining 60dan ziyod kompaniya va firmalariga tegişli vakolatxonalar akkreditatsiyadan ötkazilgan. 

Öz navbatida, Rossiya hududida Özbekiston Respublikasi rezidentlari iştirokida 570ga yaqin korxona taşkil etilgan. Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Axborot xizmati 1 dekabr kuni bölib ötgan “Özbekiston va Rossiya örtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantiriş va kengaytiriş istiqbollari” mavzuidagi davra suhbatida berilgan ma'lumotga asoslanib, şu haqida xabar berdi. 

Tadbirda Özbekiston Respublikasining sohaga oid vazirliklari va idoralari, şuningdek, kimyo, yengil sanoat, maşinasozlik, qişloq xöjaligi, aviatsiya, metallurgiya, neft va gaz uskunalari, energetika, gidrotexnika kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan özbek va rus kompaniyalarining vakillari iştirok etişdi.

Davra suhbatini ötkazişdan közlangan maqsad özbek va rus kompaniyalari örtasida savdo aloqalari örnatilişini qöllab-quvvatlaş, yangi qöşma korxonalarni taşkil etiş va yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oşiriş masalalarini körib çiqişdan iborat böldi.

Foto: Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati

Uçraşuv çoğida SSP Raisi A.Ikramov mehmonlarga mamlakatimizda amalga oşirilayotgan iqtisodiy özgarişlar va Özbekiston bozorida Rossiya kompaniyalari uçun yaratilayotgan investitsiyaviy imkoniyatlar, iqtisodiyotni va valyuta bozorini liberallaştiriş, işbilarmonlik muhitini yaxşilaş, biznesni qöllab-quvvatlaş, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, mamlakat iqtisodiyotining investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş böyiça körilayotgan çoralar, şuningdek, amaldagi va yangi taşkil etilgan EIZlarda çet ellik investorlar uçun yaratilgan şaroitlar haqida ma'lumot berdi.

Şu bilan birga, ikki davlat tadbirkorlari örtasidagi munosabatlarni mustahkamlaş böyiça özaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.