FIFA Rossiya futbolidagi dopingni tergov qilişni boşlaşi va Rossiya terma jamoasini 2018 yilgi jahon çempionatida iştirok etişdan çetlatişdan qörqmasligi kerak. Bunday fikrni Milliy aksildoping agentliklari instituti rahbari Jozef de Pense bildirdi.

“FIFA bu vaziyatni zudlik bilan tergov qilişi kerak. Yöqsa Rossiyada 2018 yilgi jahon çempionati bilan katta muammo yuzaga keladi. FIFAda vaziyatning mohiyatiga tezroq yetib boriş uçun stimul bor”, deb aytdi de Pense va jahon çempionatini Rossiya terma jamoasiz ötkazişni taklif qildi.  

“Istalgan xalqaro musobaqa biror-bir davlatsiz davom etişi mumkin. Şunday ekan, nima uçun mundialni Rossiyasiz ötkazib bölmaydi? Tan olaman, amalda buni tasavvur qiliş qiyin, biroq nega urinib körmaslik kerak?”, deb aytgan de Pense.

26 noyabrda Butunjahon aksildoping agentligi informatori Grigoriy Rodçenkovning advokati Jim Uolden Rodçenkov rossiyalik futbolçilarning davlat doping-dasturiga aloqadorliklarini isbotlaşga tayyorligini ma'lum qilgan. Uoldenning aytişiça, FIFA vakillari bu masalada Rodçenkovga istalgan vaqt murojaat qilişlari mumkin, biroq hozirça ular bunga botina olmayaptilar.

Ayni vaqtda FIFA rossiyalik futbolçilarga qarşi biror-bir şubhali narsa topmagan.