Özbekiston Afğonistonda tinçlik va osoyiştalik örnatilişiga qaratilgan barça amaliy taşabbuslarni qöllab-quvvatlaydi. Bu haqda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani bilan ötkazilgan muzokaralar yakunida ma'lum qildi.
"Özbekiston Afğonistonda tinçlik va osoyiştalik örnatilişiga qaratilgan barça amaliy taşabbuslarni qöllab-quvvatlaydi. Afğoniston muammosini harbiy yöl bilan hal etiş mumkin emas. Bu ölkada tinçlik va barqarorlik örnatişning eng töğri yöli – bu siyosiy muzokaralar olib borişdir", deya Şavkat Mirziyoyevning sözlarini keltirgan prezident matbuot xizmati.
Şavkat Mirziyoyev Özbekiston tomoni Afğoniston hukumatining mamlakatda barqarorlik va tinçlik örnatiş, muzokaralar orqali umummilliy yaraşuvga erişiş, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxşilaş yölidagi sa'y-harakatlarini töla qöllab-quvvatlaşini ta'kidlab ötgan.
"Qöşni Afğonistondagi tinçlik Markaziy Osiyoning barqaror va izçil rivojlaniş istiqbollarini töliq röyobga çiqariş uçun imkon yaratadi.
Özbekiston bundan buyon ham qöşni Afğonistonni iqtisodiy jihatdan tiklaş, uning transport va energetik infratuzilmasini rivojlantiriş, milliy kadrlarini tayyorlaş jarayonlarida faol iştirok etadi", degan prezident.
Muzokaralar yakuniga köra, Qöşma bayonot, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikka oid 20 ta hujjat imzolandi va muhim kelişuvlarga erişildi.












