Rossiya prezidenti Vladimir Putin Özbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun taşkiliy yollaş va jalb etiş böyiça Rossiya-Özbekiston hukumatlararo bitimini ratifikatsiya qiliş töğrisidagi qonunni imzoladi.

Rossiya Davlat dumasi tomonidan 24 noyabr kuni qabul qilingan va mamlakat Federatsiya Kengaşi tomonidan 29 noyabr kuni tasdiqlangan hujjat RF huquqiy ma'lumotlar rasmiy saytida e'lon qilindi.

2017 yilning 5 aprel kuni Moskvada imzolangan bitim Özbekiston fuqarolarini Rossiyada manzilli işga joylaştirişni ta'minlaşga yönaltirilgan va ularni öz vatanlari hududida immigratsiyaga qadar tayyorlaşni nazarda tutadi. Şu maqsadlarda Rossiyada işga joylaştiriş imkoniyati haqida ma'lumot beriş, iş beruvçilar bilan nomzodlarni muvofiqlaştiriş, şuningdek mehnat şartnomalari loyihalari, Rossiya Ta'lim va ilm-fan vazirligi tomonidan tavsiya etilgan, kompleks imtihon topşiriş böyiça öquv-uslubiy materiallarga muvofiq ta'lim beriş nazarda tutilgan.

Bundan taşqari, bitimda bölajak mehnat migrantlari soğliği holatini nazorat qiliş, xalqaro yoki davlatlararo qidiruvda emasligini aniqlaş, sudlanganlik holatini tekşiriş, Rossiyadagi iş joyiga borişini va Özbekistonga qaytişini taşkillaştiriş, şuningdek RFda mehnat faoliyatini amalga oşiriş huquqini tasdiqlovçi hujjatlarni rasmiylaştiriş hamda beriş közda tutilgan.

Bitim Rossiya Federatsiyasi tomonidan xorijiy fuqarolarni Rossiya hududida mehnat faoliyatini olib borişga taşkiliy yollaş va jalb etiş masalasi böyiça imzolangan birinçi xalqaro hujjat sanaladi.