Samarqand şahridagi konsert zalida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganiga 25 yil tölişi munosabati bilan tantanali marosim bölib ötdi. Tadbirda Samarqand viloyatining barça jabhalarida mehnat qilayotgan faollar, jamoatçilik vakillari iştirok etişdi.
Bayram tadbirida sözga çiqqan viloyat hokimi Turobjon Jörayev va Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari, respublika xotin qizlar qömitasi raisi Tanzila Narbayeva, Samarqand davlat Universiteti rektori Rustam Xolmurodov yiğilganlarni bayram bilan tabriklab, boş qomusimizning mustaqil va demokratik respublikamiz hayotida tutgan örni haqida sözlaşdi.



Konstitutsiya qabul qilinganiga 25 yil tölişi munosabati bilan Prezident farmoniga köra viloyatning qator sohalarda uzoq va samarali mehnat qilgan bir guruh fidoyilariga davlat mukofotlari tantanali ravişda topşirildi.




Tadbir söngida Toşkentdan taşrif buyurgan va mahalliy san'at ustalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyiş qilindi.




Şuhrat Şokirjonov,
KUN.UZ muxbiri.
B.Mustanov olgan suratlar












