AQŞning Kaliforniya ştatida kuzatilayotgan yirik tabiiy yonğinlar tufayli 200 mingdan köproq odam evakuatsiya qilindi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Eng yirik yonğin öçoği Ventura okrugida kuzatilib, bu yerda gubernator Jyerri Braun tomondan favqulodda vaziyat tartibi kiritildi. U yerda 380 ming kvadrat kilometrlik maydon yonğin içida qolgan. Yonğin tufayli 150 ta uyga zarar yetgan, u yana bir neça ming inşootlarga xavf solmoqda. Yonğinga qarşi 2,5 ming öt öçiruvçi kuraşmoqda.
Yana bir yonğin qöşni Los-Anjyeles okrugida davom etmoqda. Bu yerda yonğin 50 kvadrat kilometr maydonni egallab olgan. Okrugda keyingi hafta boşigaça 250 dan ortiq maktab va ta'lim muassasasi yopiq böladi.
Şuningdek, yana bir yonğin öçoği Los-Anjyeles şahrida paydo bölgan. Şahar meri Erik Garsettining aytişiça, yonğinning 20 foizini öçirişga muvaffaq bölingan. 15 mingdan köproq uy elektr energiyasiz qolgan. Vaziyat tezligi 33 m/soniyagaça yetayotgan kuçli şamol sababli yanada murakkablaşmoqda. AQŞ milliy meteorologik xizmati ma'lumotlariga köra, şamol kamida şanbagaça saqlanib qoladi.
Yonğin 4 dekabrda boşlanib, Tinç okeani böyidagi Ventura va Los-Anjyeles şaharlari tomon tarqala boşlagan.












