7 dekabr kuni Toşkentda Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida davlat mukofotlarini tantanali topşirişga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.
Prezident yiğilganlarni yuksak unvonlar, orden va medallarga sazovor bölgani munosabati bilan samimiy qutladi. Ular orqali barça özbekistonliklarni Konstitutsiya qabul qilinganining 25 yilligi bilan muborakbod etdi.
Şavkat Mirziyoyev amalga oşirilayotgan barça islohotlar Konstitutsiya va Harakatlar strategiyasiga asoslanişini alohida ta'kidladi. Prezident yakuniga yetib borayotgan yilda amalga oşirilgan işlarga töxtalar ekan, xalq bilan muloqotda bölib, odamlarning oğirini yengil qilişga asosiy e'tibor qaratilganini qayd etdi.
«Xalqimiz Yaratgandan avvalo tinçlik-xotirjamlikni söraydi. Şundan söng, öz uyim, boşpanam bölsa, oilam, bola-çaqam bilan soğ-salomat yaşasam, deydi. Biz xalqimizning ana şunday orzu-niyatlarini röyobga çiqariş uçun ikkita masalaga, ya'ni içki işlar va soğliqni saqlaş tizimini isloh qilişga katta e'tibor qaratayapmiz», degan prezident.












