Falastin Soğliqni saqlaş vazirligining xabar berişiça, Iordan daryosining Ğarbiy qirğoği, Ğazo sektori va al-Qudsning turli tumanlaridagi norozilik namoyişlari vaqtida 1,1 ming kişi jabrlandi.
8 dekabr kuni keçqurun AQŞ prezidenti Donald Trampning al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan oliş böyiça qaroriga qarşi ommaviy norozilik namoyişlari vaqtida isroillik harbiylar bilan yuz bergan töqnaşuvlar natijasida ikki falastinlik halok bölgani, 760 dan ortiq inson jabrlangani xabar qilingandi.
Isroil armiyasi ma'lumotlariga köra, Iordan daryosining Ğarbiy qirğoği va Ğazo sektorining çegaralari böylab röy bergan tartibsizliklarda qariyb 7,5 ming kişi iştirok etgan.
AQŞ prezidenti Donald Tramp çorşanba kuni al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olişi va Amerika elçixonasini Tel-Avivdan al-Qudsga köçirişi haqida ma'lum qildi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Falastin xalqaro sudga murojaat qilişi xabar berilgandi.













