Falastin AQŞ al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olgani tufayli xalqaro sudga murojaat qiladi, deb ma'lum qildi Falastinning Rossiya Federatsiyasidagi elçisi Abdul Hofiz Nofal RIA Novosti’ga.
"Albatta", - dedi u, Falastin xalqaro sudga murojaat qiladimi, degan savolga javob qaytarib.
Falastin elçisining sözlariga köra, unda Rossiya TIVda AQŞning al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olişi masalasi böyiça uçraşuvlar ötkazilgan, hamda Rossiya tomoni Şarqiy al-Qudsni Falastin, Ğarbiysini esa – Isroil poytaxti, deb hisoblaşi haqidagi öz pozitsiyasini tasdiqladi.
Şuningdek Nofalning ta'kidlaşiça, Falastin Amerika tomonining bunday harakatlari tufayli AQŞni bundan buyon Falastin-Isroil mojarosiga yeçim topiş böyiça tinç jarayonning bir qismi, deb sanamaydi.
AQŞ prezidenti Donald Tramp çorşanba kuni al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olişi va Amerika elçixonasini Tel-Avivdan al-Qudsga köçirişi haqida ma'lum qildi. Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu Trampga «jasur va adolatli» qaror uçun minnatdorlik bildirdi. Öz navbatida, Falastin yetakçisi Mahmud Abbos Trampning qarorini Yaqin Şarqdagi tinç jarayonda Amerika iştirokining yakuni deb atadi.
Isroil al-Qudsni, jumladan, Iordaniyadan yarim asr avval egallab olingan uning şarqiy tumanlari va tarixiy markazini özining “yagona va ajralmas” poytaxti sifatida e'lon qildi. Jahon hamjamiyati bosib oliş holatini tan olmaydi va şahar maqomini Yaqin Şarqdagi mojaroning eng asosiy muammolaridan biri sifatida köradi. Şu sababdan barça xorijiy elçixonalar Tel-Avivda joylaşgan.


















