Joriy yilning 6 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi, Madaniyat vazirligi hamda «Tehno Dargoh» MÇJ örtasida uç tomonlama kelişuv memorandumini imzolandi. Bu haqda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uşbu memorandumga köra Özbekistonning SMART turizm mamlakati sifatida xalqaro turizm bozoridagi imijini oşiriş va sayyohlarga qulaylik yaratiş uçun IT-texnologiyalaridan faol foydalaniş maqsadida tomonlar "VERUM QR" qöşma loyihasini amalga oşirişning amaliy bosqiçini boşladi.
Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi A.Abduhakimov «zamonaviy sayyoh öziga kerakli ma'lumotni olişda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, birinçi navbatda, smartfonlardan foydalanişga örganib qolgan. Hozirgi kunda jahonda SMART turizm konsepsiyasi juda ham rivojlanib bormoqda, Özbekistonda esa bu texnologiya ilk bora QR-kodlar yordamida sayyohlarga taqdim etilmoqda. Uşbu loyiha doirasida sayyoh QR-kod tasviriga işora qilgan holda bir neça soniyadan söng öz smartfoniga 12 ta tilda oson va qulay körinişda Özbekistonning diqqatga sazovor joylari haqidagi barça ma'lumotni qabul qilib oladi. Şu bilan birga foydalanuvçilarga nafaqat sayyohlik obektlari haqida, balki eng yaqin mehmonxonalar, restoranlar, san'at galereyalari va boşqa arxitektura hamda tarixiy yodgorliklar haqida ham ma'lumot beriladi», deb ta'kidladi.

Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi va «Tehno Dargoh» mas'uliyati çeklangan jamiyati hamkorligida amalga oşirilgan dastlabki iş natijalari Xiva şahrida sinov tarzida işga tuşirilgan edi.
Bundan taşqari, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi bir qança IT-kompaniyalar bilan ham SMART turizmning boşqa texnologiyalarini joriy etiş yuzasidan hamkorlikni yölga qöygan. Şuningdek, «Özbekiston Havo yöllari» va «Özbekiston temir yöllari» bilan samolyot yoki poyezd jönaşidan 24 soat oldin internet orqali elektron çiptalar hamda elektron röyxatdan ötiş platformasini joriy etiş borasida ham işlar olib borilmoqda.












