AQŞda soğliqni saqlaş sohasida yirik firibgarlik sxemasi foş etildi. Undan körilgan zarar 150 million AQŞ dollariga yaqin summani taşkil etadi, deb yozadi The New Post naşri Bruklin tumani prokurori Erik Gonsalesga asoslanib.
Iş böyiça 20 kişi hibsga olingan, jumladan, Nyu-York politsiya departamentining vraçlari va jarrohlari ham. Gumon qilinişiça, ular kam ta'minlangan bruklinliklarning ojizligidan foydalanib, Medicaid va Medicare davlat dasturlari uçun ajratilgan pullarni aldov yöli bilan özlaştirib kelişgan. Hibsga olinganlarning köpçiligi sobiq sovet respublikalaridan kelib çiqişgan.
Prokuratura ma'lumotiga köra, firibgarlik sxemasi boşida 35 yoşli Kristina Mirbabayeva turibdi. Ijtimoiy tarmoqlarda joylaştirilgan ma'lumotlariga köra u AQŞga Özbekistonning Samarqand şahridan kelgan. Nima bölganda ham, u şu şahardagi maktab va oliygohda öqigan.
Ham şahar, ham federal darajada ötkazilgan suriştiruvlarga köra, 2015 yilning 1 yanvaridan 2017 yilning 30 noyabriga qadar firibgarlar davlatning kamida 146 million dollarini özlaştirişgan.
Hiyla şundan iborat bölganki, maxsus yollovçilar ijtimoiy imtiyozlar berilişi kerak bölgan insonlarni 30 yoki 40 dollar evaziga suğurta olib, firibgarlik sxemasi tarkibiga kiruvçi klinikalardan birida tekşirişdan ötişga rozilik berişlari kerak bölgan. Bunday klinikalar Bedford-Stayvesant, Şihşed Bey, Kanarsi, Kreyvsend va Kraun-Haytsda joylaşgan.
Potentsial bemorlarni ular asosan kam ta'minlangan şaharliklar yaşovçi joylardan izlaşgan. Xususan, ayblov hujjatlarida Ist Nyu-Yorkdagi qaşşoqlarga möljallangan oşxona va Buşvikdagi işga joylaştiriş markazi tilga olingan. Rekruterlar özlari yollab kelgan har bir bemor uçun 30 dollardan 50 dollarga olişgan.
Davlat suğurtasiga ega fuqaro körsatib ötilgan tibbiyot ofisiga kelib, öziga mutlaqo zarur bölmagan 25-50 dollarlik muolajani bir marta olsa bas, şundan söng uning suğurta polisi raqami tibbiyot xizmat körsatiş uçun davlatdan pul olişga köp marotaba işlatilgan.
Aldov yöli bilan olingan pullar butun dunyo böylab joylaşgan köpgina soxta kompaniyalar orqali yuvilgan.

Mirbabayeva xonim esa bu holatda ijtimoiy tarmoqlarda tinmasdan dabdabali sayohatlari, qimmatbaho xaridlari — zargarlik taqinçoqlari, dizaynerlik sumkalari va kiyimlarini köz-köz qilib turgan. Bundan taşqari, u Bruklinning badavlat kişilar yaşaydigan qismida 3,25 million dollarga apartament sotib olgan, uning hamkorlaridan biri esa Brayton-Biçda 2,8 million dollarga kvartira xarid qilgan. Firibgarlikda tört nafar vraç ham iştirok etgan — Hamid Alam, Jyeffri Chess, Kevin Kyortis va Robert Vakkarino. Sanalganlarning sönggisi Nyu-York politsiya departamentida xizmat qilgan. NYPD’ning 61 yoşli jarrohi soxta tahlillarni “qayta şifrlaş” işiga mas'ul bölgan. Ularning barçasi hozir hibsga olingan.












