GM Uzbekistan alyansi joriy yil yanvar-noyabr oylarida Rossiya Federatsiyasidagi xaridorlariga 12 978 dona avtomobil yetkazib berdi. Rossiyada Ravon brendi ostida savdoga çiqarilayotgan avtomobillardan ötgan noyabr oyida 1831 ta sotilgan. Bu haqda Yevropa biznesi avtomobil işlab çiqaruvçilari qömitasining hisobotida söz boradi.
Unga köra, GM Uzbekistan alyansining Rossiya avtobozoridagi uluşi 11 oy yakunlari böyiça 0,9 foizni taşkil etmoqda.
2017 yilning ötgan 11 oyi mobaynida GM Uzbekistan Rossiyada avtomobillar savdosi körsatkiçi böyiça 19-öringa joylaşgan. GM Uzbekistan modellarining heç biri eng köp sotilgan Top-25 likka kira olmadi.
Röyxatning yuqori beşligini Lada, KIA, Hyundai, Renault, VW kompaniyalari egallagan.












