
"Nima uçun bizning kompaniyamizda işlamoqçisiz?". Bu savol ertami-keçmi işga joylaşayotgan har bir insonga beriladi va unga javob berişning bir neça keng tarqalgan turlari mavjud. "Boşqaruv san'ati" kitobining muallifi Kris Makgoff eng keng tarqalgan javob variantlari haqida sözlab berdi.
1- javob
"Bu qiyin, lekin qiziq iş. Şuni yaxşi bilamanki, sizning kompaniyangiz haqiqatda personalni öqitiş va rivojlantirişdan manfaatdor".
Men buni qanday qabul qilaman? Bu nomzod kompaniyani murakkab vazifalar bergani uçun ham qadrlaydi va biz uning rivojiga sarmoya kiritişimizni istaydi.
2- javob
"Kompaniyangiz ajoyib jamoa va ijobiy korporativ madaniyatga ega".
Men buni qanday qabul qilaman? Bu nomzod uning atrofida yoqimli odamlar bölişi va kompaniya öz korporativ muhitini saqlab qoliş borasida qayğurişini istaydi.
3- javob
"Men kompaniyangiz ösayotgani va rivojlaniş uçun köp imkoniyatlar berayotganini körib turibman".
Men buni qanday qabul qilaman? Bu nomzod kompaniya uning şaxsiy rivojlanişiga imkoniyatlar taqdim etişini istaydi.
Bularga öxşaş boşqa javoblar ham bor, lekin umuman olganda, har safar eşitadigan asosiy tezislarim şulardan iborat. Nomzod kompaniya haqidagi öz fikrini bildirib, bu işni qölga kiritsa, nimaga ega bölişini izohlaydi. Biroq javobning öziga xos noyob varianti ham bor - bu men eşitişdan baxtiyor böladigan kamdan-kam holat.
4-javob (mukammal)
"Sababi oddiy: men sizning missiyangiz va qaraşlaringiz bilan tanişib çiqdim. Ijtimoiy tarmoqlar, işçi kontaktlarim va umumiy manbalar orqali siz va kompaniyangiz haqidagi ma'lumotlarni örgandim. Natijada, tört ta'kidni şakllantira olaman deb öylayman va siz mening fikrlarimni tasdiqlaşingizni xohlardim".

Nomzodning boşqalardan ajralib turişiga aynan şunday dastlabki tayyorgarlik yordam beradi. Xodimdan quyidagi punktlarni tuşunişni namoyiş etiş talab etiladi:
- Kompaniya qanday natijalarga erişmoqçi;
- Bu natijalarga erişişga nima xalaqit bermoqda;
- Nima uçun bu iş kompaniya va şaxsan intervyuyer uçun muhim;
- Kompaniyaga kerakli natijalarga erişişda yordam beruvçi aniq ğoyalar.
Nomzod şunday javob bergan taqdirda, bu insonning faqat şaxsiy foydasini közlab kelmagani ma'lum böladi. U suhbatga tayyor bölib keldi va qanday foyda keltirişi mumkinligini izohlab bera oladi.
Men 4-javobni eşitganimda nomzodga quyidagi xislatlar xos ekaniga şubha qilmayman:
- Ajoyib kommunikativ könikmalar;
- Sa'y-harakat. Bu inson sa'y-harakat qilib, kompaniyadagi vaziyatni tuşuniş uçun ijodiy yondaşuvni qölladi;
- Ijtimoiy tarmoqlar qanday işlaşi haqida asosiy tuşunçalar;
- Professional kontaktlar va ular bilan işlaş mahorati;
- Biznes, uning maqsad va faoliyatini tuşuniş;
- Muvaffaqiyatsizlikka uçragan taqdirda, kompaniyaning ehtimoliy yöqotişlari va muvaffaqiyatga uçragan taqdirda, kompaniya istiqbollarini anglaş;
- Kompaniya yölidagi tösiqlarni tuşuniş;
- Kompaniyaga nima uçun aynan u kerakligini işonçli izohlaş mahorati.

Nomzodning javobi 4-strategiyaga muvofiq kelganda, odatda quyidagilar böyiça pozitsiyalarimiz öxşaş böladi:
- Kompaniya xodimi sifatida biz biznes uçun zarur bölgan barça işlarni qilamiz — hatto bu bizning istagimizdan yiroq bölsa ham;
- Kompaniya biz xohlagan tomonga özgarişini kutib ötirmay, özimiz biznes manfaatlari talabiga binoan özgaramiz va harakat qilamiz;
- Biz birinçi navbatda biznesga işlaymiz, biznes esa - mijozga. Agar hammasi yaxşi ketsa, biznes albatta biz haqimizda qayğuradi.
Javobi törtinçi variantga yaqin bölgan nomzodlarni tanlang. Agar sizni suhbatga taklif qilişgan bölsa, "Nima uçun bizda işlamoqçisiz?" degan savolga aynan şunday javob berişga tayyorlaning. Şundan söng "Sizni qanday maoş qanoatlantiradi va qaçon iş boşlay olasiz?" savollariga javob berişga tayyor turing.










