Rossiya Suriyada ikkita harbiy bazasini saqlab qoladi, şu sababli Rossiya qöşinlarining Suriyadan olib çiqilişi haqidagi sözlar unça haqiqatdek yangramaydi, deb aytdi Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlut Çovuşöğlu. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 11 dekabrda Suriyadagi Hmaymim aviabazasiga taşrif buyurib, rossiyalik harbiylarni Suriyadan olib çiqişni boşlaşga buyruq berdi. Putinning aytişiça, rossiyalik harbiylar öz vazifalarini a'lo darajada bajarganlar, Suriya suveren, mustaqil davlat sifatida saqlanib qolgan, mamlakatni siyosiy tartibga soliş uçun barça şaroitlar yaratilgan.

“Rossiyaning Suriyada ikkita harbiy bazasi bor. Şuningdek, AQŞ bazalari ham bor. Şu sababli Rossiya kontingentining Suriyadan olib çiqilişi haqidagi sözlar unça haqiqatdek yangramaydi. Ruslar ketadi, deyiş notöğri, çunki baribir bir qism harbiylar qoladi”, deb aytgan Çovuşöğlu NTV telekanaliga bergan intervyusida. 

Uning aytişiça, Rossiya avval ham öz qöşinlarini Suriyadan olib çiqqan, biroq keskinlik avj olganda ularni yana kiritgan.

“Nima bölganda ham, Suriyada IŞIDga qarşi kuraşda katta progressga erişildi. Endi Eron va Rossiya boşqa muammolarga e'tiborlarini qaratişlari mumkin”, deb qöşimça qilgan vazir.