Avval ma'lum qilinganidek, Özbekiston Respublikasiga 13-14 dekabr kunlari Qirğiziston Repsublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekov rasmiy taşrif bilan bölib turibdi. Taşrif doirasida turli sohalardagi ikkitomonlama munosabatlarni mustahkamlaşga qaratilgan hukumatlararo va idoralararo xujjatlar imzolandi.
Xususan, Özbekiston Hukumati tomonidan Resbuplikaning yetakçi banklariga Özbekiston Respublikasidan Qirğiziston Respublikasiga tovar va xizmatlarni eksport qiliş uçun Qirğizistonning moliya-kredit taşkilotlariga 100 mln. AQŞ dollari miqdorida kredit liniyalarini oçiş töğrisida bitim imzolaş taklif qilingan.
Mazkur hujjat doirasida «Özsanoatqurilişbank» ATB Qirğiziston kredit taşkilotlariga kredit liniyalari ajratiş orqali Özbekistondan qöşni davlatga texnologiyalar va tovarlar olib kelişni moliyalaştiriş imkonini beradigan uç yetakçi bankdan biri sifatida belgilangan.
Ta'kidlaş joizki, Özsanoatqurilişbank milliy iqtisodiyotning tuzilmaviy islohotlarida faol iştirok etayotgan, şuningdek, kiçik biznes va tadbirkorlik sub'yektlariga har tomonlama qöllab-quvvatlayotgan yirik aksiyadorlik-tijorat banklaridan biri hisoblanadi.
Reklama huquqi asosida











