Prezident qaroriga muvofiq, eng yirik davlat banklaridan biri bölgan Özsanoatqurilişbankning xususiylaştirilişi 2024 yil oxiriga qadar uzaytirildi.

Bankni xususiylaştiriş uçun noodatiy sxema tanlangan. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (1 oy muddatda) Özsanoatqurilişbankka ajratilgan umumiy qiymati 1 trln 280 mlrd söm kredit liniyalarini subordinar qarz sifatida rasmiylaştirib berişi kerak. Ya’ni bank qarz beruvçilarga 1 trln 280 mln söm qarzlarini tölamaydi, balki ularni aksiyalariga almaştiradi. Bankka 1,28 trln söm qarz bergan Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (va boşqa bölajak qarz beruvçilar) SQBning aksiyadorlariga aylanadi.

Strategik islohotlar agentligi direktorining birinçi örinbosari Abdulla Abduqodirovning Kun.uz'ga aytişiça, Sanoatqurilişbankning subordinatorlik qarzlari uning moliyaviy barqarorligini ta’minlaş uçun ma’lum muddatlar davomida olingan va ular hisobiga Covid-19 va undan keyingi davrlarda davlatning sanoat infrastrukturasini rivojlantiriş sohasidagi bir qança loyihalari moliyalaştirilgan.

“Bu masalaning 2 ta muhim qismiga töxtalsak: birinçidan, subordinar qarz özi nima? Bunday qarz bu – moliya institutlari örtasida biridan ikkinçisiga vaqtinça (köp hollarda 5-10 yilga) beriladigan moliyaviy mablağlar yoki yuqori likvidli aktivlar bölib, qarzni oluvçi tomonidan (uning bankrotlik holati aniqlanganda) bu qarzni qaytariş boşqa kreditorlar talablari qoniqtirilgandan keyingina amalga oşirilişini közda tutuvçi qarz turidir. Jahon amaliyotida bu amaliyot juda keng tarqalgan. Bunday instrument köproq davlat tomonidan moliyaviy institutlarning faoliyati barqarorligini ta’minlaş uçun qöllanadi. Demak, Özbekiston Moliya vazirligi tomonidan ham ma’lum bir muddatlar davomida “Özsanoatqurilişbank” AJning moliyaviy barqarorlik körsatkiçlarini kötariş uçun qarzlar berib borilgan”, – deydi u.

Uning qöşimça qilişiça, banklarga berilgan subordinar qarzni qaytariş yoki boşqa şartlarini özgartiriş faqatgina Markaziy bankning ruxsati bilan amalga oşiriladi.

Abduqodirov hozirgi holatda Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankining investor sifatidagi taklifiga binoan hukumat bankning qarzlarini subordinatsiyalaşgan qarzlar turkumiga kiritişga rozilik berganini ta’kidladi. Ya’ni qarzdan voz keçilmagan, ularni qaytariş şarti va şaroitlari özgartirilgan.