Özbekiston yoşlar ittifoqi Ellikqal'a tumani Kengaşi tomonidan ta'lim muassasalari böyiça boş mutaxassis, "Kamalak" bolalar taşkiloti raisi Dilşod Jumaniyazov Ellikqal'a tumani arxeologiya va tarix muzeyiga direktor etib tayinlandi. Bu haqda Kruz.uz xabar bermoqda.
Eslatib ötamiz, D.Jumaniyazov Yoşlar ittifoqi tizimida şu yilning avgust oyidan buyon faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ma'lumot örnida: Ellikqal'a tumani arxeologiya va tarix muzeyi 1989 yilda Qoraqalpoğiston Respublikasi Davlat ölkaşunoslik muzeyi filiali sifatida taşkil qilingan. 1994 yilda Ellikqal'a ölkaşunoslik muzeyiga aylantirilgan. 2007 yilda buyuk rus olimi, professor S.P.Tolstovning 100 yilligiga bağişlab ötkazilgan xalqaro simpoziumda jahon va Özbekiston tarixçilarining taklifiga binoan muzeyga S.P.Tolstov nomi berilgan. Bugungi kunda muzeydan 3300dan ziyod eksponat joy olgan.











