Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov özining Instagram sahifasida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni davlat rahbariga lavozimiga kirişganiga bir yil tölişi munosabati bilan qutladi va uning islom olami rivojiga qöşayotgan hissasini alohida e'tirof etdi.
"Assalomu alaykum! Özbekiston Respublikasi Prezidenti hurmatli Şavkat Mirziyoyev kuni keça Islom Akademiyasini taşkil etiş haqidagi Farmonni imzoladi. Uşbu hujjat nafaqat Özbekiston, balki butun musulmon dunyosi uçun katta ahamiyatga ega. Bunday qaror Şavkat Miromonoviç prezidentligining ikkinçi yili boşlangan kunda qabul qilingani ramziy ahamiyatga ega. Bundan avval, yozda u Samarqandda Al-Buxoriy nomidagi Xalqaro Islom markazini qurişni boşlaş topşiriğini bergan edi.
Öz mamlakatini gullab-yaşnovçi ölkaga aylantirişga çin dildan harakat qilayotgan, yetarli tajriba, iroda va donolik sohibi, islom olamining buyuk siyosiy arbobi Şavkat Miromonoviç bilan tanişganimdan baxtiyorman. U 13 yil davomida hukumatni boşqargan, iqtisodiyotdan xabardor, mamlakatning barça muammolari va ularni hal qiliş yöllarini biladi. Eng asosiysi - Mirziyoyev öz xalqi, Vatanini yaxşi köradi, Özbekistonga avvalgi şon-şuhrat va qudratni qaytariş uçun bor kuçi va bilimlarini berişga tayyor. U ilk kunlardanoq Rossiya bilan, Prezident Vladimir Putin bilan birodarlik munosabatlarini örnatmoqda.
Özbekistonga taşrifim davomida Şavkat Miromonoviç bilan davomli suhbat qurdik. Men uning butun musulmon olami uçun muhim ahamiyatga ega bölgan islom sivilizatsiyasi obidalari va muqaddas qadamjolarini saqlab qolişga alohida e'tibor qaratayotganini his qildim. Bundan taşqari, yoşlar islom böyiça çuqur bilimlar oliş imkoniga ega bölişmoqda.
Özbek xalqining kötarinki ruhi barça jabhalarda - iqtisodiyot, ijtimoiy soha, sport, adabiyot, san'atda sezilmoqda! Işonçim komilki, mamlakatlarimiz va xalqimiz örtasidagi munosabatlar kun sayin kengayadi va mustahkamlanadi!
Şavkat Miromonoviçni Özbekiston Prezidenti lavozimiga kirişganining bir yilligi bilan samimiy qutlayman, mustahkam soğliq va farovonlik tilayman!", - deb yozadi Qodirov.











