Qibray tumanida uyga romlarni olib kelişini aytib, sakkiz yarim million sömni özlaştirgan firibgar qölga olindi. Bu haqda Toşkent viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, tumanda 2017 yilning 13 iyul kuni 1985 yilda tuğilgan Mansur Dovurov (keltirilgan ism-familiyalar özgartirilgan) firibgarlik yöli bilan, uy bekasi, 1987 yilda tuğilgan Şoira Alimovaning işonçini suiiste'mol qilib, «alyumin profil romlar işlab çiqariş korxonasida işlayman, uyga romlarni olib kelib beraman» – deb aldab, Şoira Alimovadan sakkiz million beş yuz ming söm pulini olib, öz ehtiyojiga işlatib yuborgan.
Uşbu holat yuzasidan unga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat işi qözğatildi. Tergovni IIB olib bormoqda.












