Bloomberg axborot agentligi yaqin ön yil içida yuz berişi mumkin bölgan eng xavfli hodisalarning har yillik şarhini çop etdi.

Qiziği, bu xavfli hodisalar sifatida atom uruşi, ommaviy teraktlar, hokimiyatning yaşirin hukumatlar tomondan egallanişi, ommaviy qirğin qurollarining tarqalişi, katta kölamlarda inson huquqlarining poymol qilinişi kabilar umuman eslab ötilmagan. 

“Dunyo falokat yoqasida. Şimoliy Koreya uruş boşlaş bilan qörqitmoqda. Donald Tramp yana nima hunar körsatadi, heç kim bilmaydi. Bu yerda keltirilgan ssenariylarni prognoz deb qabul qiliş kerak emas. Aksinça, bizning dunyo qançalik tez özgarayotgani haqida sizni öylantiruvçi fikrlardir”, deb ma'lum qilgan axborot agentligi.  

Agentlik eng xavfli hodisa sifatida Donald Trampning ikkinçi muddatga prezident bölişini körsatgan. Röyxatdan hammasi bölib 8 ta ssenariy joy olgan:

Donald Tramp ikkinçi muddatga prezident etib saylanadi;   
Feysbuk yolğon xabarlar bilan kuraşda mağlub böladi;
Bitkoin banklarning örnini egallaydi;
Şimoliy Koreya uruş boşlaydi, biroq uning yetakçisi Kim Çen In öladi;
Sotsialistlar Buyuk Britaniyada hokimiyatni egallab oladilar;
Pensionerlar Yevropaning parçalanişiga sabab böladilar;  
Xitoy savdo uruşi boşlaydi;
Elektrokarlar neftdan boğliqlik ustidan ğalaba qiladi.

Biroq bu hodisalar içida ba'zilarini umuman xavf deb ataş noörindir. Misol uçun, agar insoniyat neftdan elektromobillarga ötsa, buning nimasi yomon va bundan neft magnatlaridan boşqa kim ham qörqişi mumkin?