Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev MXX faoliyatini isloh qiliş vaqti kelgani haqida gapirdi. U Oliy Majlis Senati va Qonunçilik palatasi a'zolariga 2017 yilda amalga oşirilgan asosiy işlar yakuni va Özbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning eng ustuvor yönalişlariga bağişlangan Murojaatnomasiga bağişlangan anjumanda şu sohaga ham töxtaldi. 

«Şu tizim içida özim ham ösganman. Xudodan söraymiz, u kunlar qaytib kelmasin endi. Milliy xavfsizlik xizmati 26 yil avval hukumat tasdiqlagan nizom asosida işlab kelmoqda. Har qanday oddiy harakat ham MXXga qarşi deb baholab kelingan. Har qanday oddiy masala ham milliy xavfsizlikka tahdid deb baholab kelingani uşbu idora vakolatlarining asossiz kengayib ketişiga sabab bölgan. MXX faoliyatini isloh qiliş vaqti keldi. Şu sababdan MXX faoliyati töğrisida qonunni işlab çiqiş vaqti keldi», dedi prezident.

Prezident dunyoning ba'zi mintaqalarida yuzaga kelgan notinç vaziyat aholi migratsiyasi kuçayişiga, bu esa, öz navbatida, terrorizm va ekstremizm tarqalişiga hamda bu illatlar global muammolardan biriga aylanişiga olib kelayotganini qayd etib ötdi.

«Bunday vaziyatda milliy davlatçiligimiz, mustaqilligimiz, aholimizning tinç va osoyişta hayoti va xavfsizligimizni saqlaş biz uçun eng ustuvor vazifaga aylanib bormoqda. Aynan şu nuqtai nazardan va globallaşuv davrining barça tahdidlarini inobatga olgan holda Milliy xavfsizlik xizmati idoralari faoliyatini ham isloh qiliş vaqti keldi», deya prezident sözlarini keltirgan ÖzA. 

Davlat rahbari şu munosabat bilan «Huquqni muhofaza qiluvçi organlar töğrisida»gi va «Milliy xavfsizlik xizmati töğrisida»gi qonunlarni işlab çiqiş va qabul qilişni taklif etdi.