Özbekiston prezidentining Oliy Majlis Senati va Qonunçilik palatasi a'zolariga Murojaatnomasida nazorat qiluvçi organlar faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika kengaşi faoliyati davr talabiga javob bermayotgani qayd etildi.
«Özingiz öylang, uşbu kengaşning işçi organi ham, eng köp tekşiriş ötkazadigan nazorat organi ham – soliq idorasining özi. Tekşiriş uçun ham özi ruxsat bersa, ham özi tekşirsa, buni qanday tuşuniş mumkin», deya Şavkat Mirziyoyevning sözlarini keltiradi ÖzA.
«Tadbirkorlik nega rivojlanmayapti Özbekistonda? Gaz bor, svet bor, mahsulot bor. Bunga özimiz, davlat idoralari yöl qöymayapti. Heç kimga kerak bölmagan tartiblar saqlanib qolinmoqda. Joylarda amaldorlar faqat öz manfaatini öylamoqda. Çerçill şunday degan: Ba'zilar tadbirkorlar deganda soğin sigirni, faqat sanoqlilar tadbirkor degan oğir aravani tortayotgan mehnatkaş otni tuşunadi.
Tadbirkorlar bilan endi prokuratura va SSP işlaydi. Ularni eşitadi, qonuniy yordam beradi, huquqlarini işonçli himoya qiladi. Kimnidir nazorati ostida degan gaplar endi yöq. U köpriklar kuyib ketib bölgan. Nopok tadbirkorlarga ham murosasiz munosabatda böliş lozim.
Şu munosabat bilan tekşirişlar ötkazişga ruxsat berişning maxsus elektron axborot tizimiga ötiş va uning nazoratini Boş prokuraturaga yuklaş maqsadga muvofiq. Şuningdek, barça tadbirkorlik sub'yektlarining moliyaviy-xöjalik faoliyatini tekşirişni 2 yil muddatga töxtatsak, nima deysizlar?», degan prezident.












