Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalariga Murojaatida mamlakatimizning investitsiya jozibadorligini oşiriş, xorijiy sarmoyalar va çet ellik sayyohlarni keng jalb etiş Özbekistonning xorijiy davlatlardagi elçixonalarining asosiy vazifalaridan bölişi kerakligini ta'kidladi. 

Oliy Majlis Senati va Qonunçilik palatasi a'zolariga Murojaatnomasida Taşqi işlar vazirligida amalga oşirilajak özgarişlar haqida gapirdi.

«Barça elçilar eşitsin, Yangi yildan boşlab iş uslubi özgaradi. Agar har haftada investitsiya böyiça aniq takliflarni bermasa, Özbekistonga heç bölmaganda 10 nafar turist jönatmasa bunday elçi bizga kerak emas. Sayyohlik ham investitsiya.

Elçini bundan buyon özim tanlab-tanlab tayinlayman. Elçi vatanparvar bölişi kerak, vatanga xizmat qilişi kerak.

Siyosatni özim yaxşi bilaman. Internetda ma'lumotni sizlardan ham oldin bilaman. Investitsiya kerak. Investitsiya, investitsiya va investitsiya. Turizm, turizm va turizm.

15 yanvar kuni Taşqi işlar vazirligi tuzilmasini mutlaqo özgartiramiz. Boşqa tizim böladi.

Taşqi işlar vaziri haftada ikki marta elçilar bilan gaplaşib, neçta sayyoh keladi, qanday investitsiya kiritiladi, elçi qaysi zavodlarga bordi, qaysi mahsulotlar arzon, qanday texnologiya olib kelsa böladi, mana şularni muhokama qilişi kerak.

1 fevraldan hamma elçixonani yopaman, şunga mos bölsa, işlaydi, bölmasa yöq, yangi elçilarni qöyaman.

10-15 yanvargaça har bir elçi tizim bilan keladi, özim birma-bir gaplaşaman, töğri kelsa işlaydi, bölmasa yöq», dedi prezident.

Videokonferensiya aloqa şaklida ötgan majlisda mamlakatimizning butun dunyodagi diplomatik vakolatxonalari vakillari ham qatnaşdi. 

Mamlakatimizning Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiyadagi Favqulodda va muxtor elçilari aloqaga çiqib, Prezidentimizning taşriflaridan söng uşbu mamlakatlar bilan hamkorlik yanada faollaşganini, qöyilayotgan vazifalar asosida elçixonalar faoliyati yangiça mezonlar asosida taşkil etilayotganini qayd etdi.