Italiyada dafnlarni ötkaziş bilan şuğullanuvçi byuro buyurtmasi bilan bemorlarni öldirganlikda gumon qilinayotgan, tez tibbiy yordam xodimi hibsga olindi. Bu haqda Quotidiano portali xabar bermoqda.

Tergov versiyasiga köra, gumonlanuvçi 42 yoşli Davide Garofalo bemorlarga inʼeksiya örniga havo yuborgan. Bemorlar qon tomirlariga havo tiqilib qolişi oqibatida vafot etganlar. Erkak marhumlarning yaqinlari karaxt holda bölib turganlarida ularga dafnlarni ötkaziş bilan şuğullanuvçi muayyan byuro xizmatlarini tavsiya qilgan. Uşbu byuro Sitsiliya mafiyasi bilan aloqador bölgan. Erkak har bir qurbon uçun 300 yevro pul olgan.

Foto: Facebook.com

Ta'kidlanişiça, u tomondan öldirilgan barça bemorlar bedavo kasallar, 2 nafari esa keksa yoşlilar bölganlar, şu sababli ularning ölimlari sinçkov tergov qilinmagan.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, gap evtanaziya emas, balki ğaraz niyatda amalga oşirilgan qotilliklar haqida ketmoqda. Erkak uçta qotillikda ayblangan, biroq prokuraturada ta'kidlanişiça, 2012 yildan 2016 yilgaça şunday yöl bilan 50 kişi öldirilgan bölişi mumkin.

Prokuraturaning fikriça, buyurtma böyiça bunday jinoyatlarni amalga oşiruvçi yana 2 sanitar mavjud.