«Dunyo» axborot agentligi maʼlumotiga köra, taşrif doirasida mehnat migratsiyasi, sanoat, qişloq xöjaligi va savdo sohalarida hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilingan.
Dastlabki 40 nafar özbekistonlik iş boşladi
Özbekistondan qişloq xöjaligi mutaxassislarini Italiyada mavsumiy işga jalb qiliş loyihasi rasman yölga qöyilgan. Birinçi bosqiçda 40 nafar özbekistonlik Salvi kompaniyasida mehnat faoliyatini boşlagan.
Loyiha iştirokçilari işga borişdan oldin ikki oy davomida italyan tilini örganib, tegişli treninglardan ötgan. Ular meva-sabzavotlarni qayta işlaş işlariga jalb qilingan.
Namangan viloyati delegatsiyasi vakillari hamyurtlar bilan suhbatlaşib, ularning yaşaş va iş şaroitlarini közdan keçirgan.
Salvi rahbariyati bilan muzokaralarda kelgusi yillarda qöşimça ming nafar fuqaroni işga jalb qiliş böyiça kelişuvga erişilgan.
Italiya kompaniyalari bilan investitsiya va eksport şartnomalari imzolandi
Taşrif davomida Namangan viloyati hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov boşçiligidagi delegatsiya Emiliya-Romanya viloyati prezidenti Mikele de Paskale bilan uçraşgan.
Özbekistonning Italiyadagi elçixonasi taşkil etgan muloqotda sanoat, töqimaçilik va yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş sohalaridagi hamkorlik muhokama qilingan.
Tomonlar hududlararo aloqalarni yölga qöyiş, özaro delegatsiyalar taşriflarini taşkil etiş va Namangan viloyatiga investitsiyalar jalb qiliş böyiça kelişib olgan.
Bolonya va Rim şaharlarida «Namangan va Italiya» hamda «Namangan va Emiliya-Romanya» biznes-forumlari ötkazilgan. Tadbirlarda 100 dan ortiq yetakçi kompaniya vakillari qatnaşib, korxonalar örtasida uçraşuvlar taşkil etilgan.
Muzokaralarda qişloq xöjaligi, maşinasozlik, töqimaçilik va logistika sohalaridagi loyihalar körib çiqilgan. Namangan korxonalarining Italiya bozoriga çiqişi, eksport geografiyasini kengaytiriş va qöşma işlab çiqarişni taşkil etiş böyiça kelişuvlarga erişilgan.
Xususan, Vinarjia Marko, SMI Group, Gamma Meccanica va Bonifiche Ferraresi kompaniyalari bilan oziq-ovqatni qayta işlaş, sanoat mahsulotlari işlab çiqariş va intensiv boğdorçilik yönalişlarida investitsiya hamda eksport şartnomalari imzolangan. Ularning aniq qiymati xabarda keltirilmagan.












