Italiya, Şimoliy Irlandiya, Şotlandiya va Irlandiyada nomaʼlum şaxslar maktablarga portlaş xavfi haqida ommaviy xabarlar yubormoqda, deb yozdi Reuters. Italiyada şu munosabat bilan bir kun içida kamida 300 ta taʼlim muassasasi evakuatsiya qilingan, deb maʼlum qildi mamlakat hukumati. Respublika politsiyasi tergov boşladi. Reuters maʼlumotlariga köra, Italiyada göyoki bomba örnatilgani haqidagi elektron xat «Mizoginiston viloyati yetakçisi Mixail Andropov» nomi bilan imzolangan. Xuddi şu taxminiy muallif ötgan haftada Irlandiya va Bolgariyadagi OAV tahririyatlariga yuborilgan portlaş tahdidlari uçun ham javobgarlikni öz zimmasiga olgan.

Italiya Taʼlim vaziri Juzeppe Valditara La7 telekanaliga bergan intervyusida bombalar haqidagi xabarlar dastlabki maʼlumotlarga köra yolğon bölib çiqqanini bildirdi. Uning sözlariga qaraganda, bunday tahdidlarga uçragan maktablar soni bundan ham köp bölişi mumkin. 11-noyabr kuni Irlandiya, Şimoliy Irlandiya va Şotlandiyadagi taʼlim muassasalariga ham xuddi şunday xabarlar kelib tuşgan. Irlandiya politsiyasi maktablarga yuborilgan «bir xil turdagi xabarlar»dan rasmiylar xabardor ekanini bildirib, xavfni asossiz deb baholadi hamda evakuatsiyaga hojat yöqligini qayd etdi. Şimoliy Irlandiyada tahdid olgan 300 dan ortiq taʼlim muassasasi borligi maʼlum.

Mintaqa politsiya xizmati xabarlar xorijdan yuborilganini bildirib, xavf darajasini past deb baholadi. Şimoliy Irlandiya Taʼlim vazirligi maktablarga darslarni töxtatmaslikni tavsiya qildi, şunga qaramay, ayrim taʼlim muassasalarida evakuatsiya ötkazildi. Şotlandiyada esa 470 ga yaqin maktabga tahdidlar kelib tuşgan, biroq hukumat bu xabarlarni feyk deb atadi. Ehtiyot çorasi sifatida öquvçilar binodan taşqariga olib çiqildi yoki uylariga javob berib yuborildi. Mintaqadagi uşbu holatlarni kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş bölimi tergov qilmoqda.

Avvalroq Yevropada supermarketlar va qon saqlaş markazlariga kiberhujumlar, şuningdek, fuqarolik samolyotlari hamda telekompaniyalarga bomba örnatilgani haqidagi yolğon xabarlar tölqini kuzatilgan edi.