Prezident Şavkat Mirziyoyev poytaxtning Alişer Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat köçalari oraliğida bunyod etilayotgan Toşkent Sity xalqaro işbilarmonlik markazining takomillaştirilgan loyihasi bilan tanişdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Bugun prezident taşabbusi bilan mamlakatga xorijlik investorlarni jalb qiliş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Buning uçun barça şaroit va qulayliklar yaratilmoqda. Dunyo tajribasida işbilarmonlar uçun umumiy majmua sifatida biznes markazlari yaratiş tajribasi keng qöllaniladi. Bu ularning samarali faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Poytaxtda barpo etilayotgan xalqaro işbilarmonlik markazi ham zamonaviy va qulayligi jihatidan noyob loyiha, deya baholanmoqda.
Prezident Şavkat Mirziyoyev joriy yilning 28 oktabr kuni Toşkent Sity xalqaro işbilarmonlik markazi barpo etilayotgan hududda bölib, buyurtmaçi va quruvçilar oldida turgan vazifalar, taşkiliy va moliyaviy masalalarni joyida muhokama qilgan, loyihalarni yanada takomillaştiriş, qurilişni tezlaştiriş böyiça topşiriqlar bergan edi.
Davlat rahbari topşiriqlar ijrosi yuzasidan takomillaştirilgan loyihalarni yana bir bor közdan keçirdi. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 iyuldagi «Toşkent şahrining markaziy qismini obodonlaştiriş va arxitekturaviy qiyofasini yanada yaxşilaş hamda aholi va poytaxt mehmonlari uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzurida Toşkent Sity xalqaro işbilarmonlik markazi hududidagi obektlarni quriş va ekspluatatsiya qiliş böyiça direksiya tuzilgan.
Davlatimiz rahbari xalqaro işbilarmonlik markazining ma'muriy binosida böldi. Bu yerda yaratilayotgan loyihalar, iş jarayonini közdan keçirdi.
Toşkent Sity xalqaro işbilarmonlik markazining takomillaşgan konsepsiyasiga köra, bino va inşootlar turli quriliş taşkilotlari tomonidan barpo etilmoqda. Loyihalarni mamlakat işbilarmonlari Xitoy, Turkiya, Janubiy Koreya kabi davlatlarning investorlari bilan hamkorlikda amalga oşirmoqda.
Prezident qurilişga jalb qilingan investorlar bilan suhbatlaşdi. Ularning fikrlari va taşabbuslari bilan qiziqdi.
Bugun xalq tilida "şahar içidagi şahar", deya e'tirof etilayotgan markaz qurilişi ikki bosqiçda yaqin tört yilda yakuniga yetkaziladi.
Prezident Toşkent Sity xalqaro işbilarmonlik markazida qurilayotgan bino va inşootlarning bir-biriga uyğun bölişi, dizayn jihatidan biri ikkinçisini töldirişi kerakligini ta'kidladi.












