Filippinda köçkilar va suv toşqinlari oqibatida kamida 240 kişi halok böldi. Bu hodisalar «Tembin» töfoni tufayli yuz berdi.

Bu haqda BBC xabar qilmoqda.

Ta'kidlanişiça, 100 dan ortiq inson bedarak yöqolgan, deb hisoblanmoqda.

Telekompaniyaning aniqlik kiritişiça, ayni damga kelib töfon taxminan 75 ming filippinlikni boşpanasiz qoldirgan. Şuningdek, tabiiy ofat infratuzilma va köplab şoli maydonlariga jiddiy ziyon yetkazdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Filippin Respublikasida vayronkor toşqin va yer köçişi yuz berib, köplab insonlar qurbon bölgani munosabati bilan uşbu mamlakat prezidenti Rodrigo Dutertega ta'ziya izhor etdi.