Nursulton Nazarboyev Rossiyada bölib ötadigan prezidentlik saylovlari haqida öz fikrini bildirdi, deb xabar qilmoqda Tengrinews.kz.

Qozoğiston rahbari bilan uçraşuvda jurnalistlardan biri bu borada tegişli savol bilan murojaat qilgan. Xususan, jurnalist RFdagi saylovlar Qozoğistondagi siyosiy jarayonlarga qanday ta'sir ötkazişi mumkinligi bilan qiziqqan.

"Rossiya – bizning yaqin qöşni va KXŞT böyiça maslahatçidir. Juda jiddiy, iqtisodiy va siyosiy şerigimiz. Umumiy tarixga egamiz. Qozoğiston va qozoqlar bunday munosabatlarni saqlab qolişdan manfaatdor. Bu bizning mamlakat, hamda işonçim komilki, Rossiya manfaatlariga mos", - deya aytib ötgan Qozoğiston rahbari.

"Oddiy saylov jarayoni, Vladimir Vladimiroviç Putin öz nomzodini ilgari surdi, men unga barça sohalarda muvaffaqiyatlar tilayman, mening öylaşimça, u bu saylovlar favoriti. Mening fikrimça, bu töğri. Rossiya Yevropaning köplab mamlakatlari va AQŞ bosimi ostida qolgan bunday murakkab vaqtda, Putin davlat arbobi sifatida bunga bardoş bermoqda hamda xalqni oldinga qarab olib ketmoqda", - deya ta'kidlab ötdi Nursulton Nazarboyev.