Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov örtasida 30 dekabr kuni telefon orqali muloqot bölib ötdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat avvalida Prezidentimiz Turkmaniston Prezidentini kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy tabriklab, qardoş turkman halqiga tinçlik, barqarorlik va farovonlik tiladi.
Turkmaniston rahbari, öz navbatida, Prezidentimiz va köpmillatli qardoş Özbekiston xalqini yaqinlaşib kelayotgan bayram munosabati bilan çin dildan muborakbod etib, taraqqiyot va farovonlik tiladi.
Davlatlar rahbarlari yakuniga yetayotgan 2017 yil mamlakatlarimiz örtasidagi an'anaviy yaqin aloqalarni rivojlantiriş, döstlik va yaxşi qöşniçilik munosabatlarini mustahkamlaşda tarixiy davr bölganini çuqur mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Oliy darajadagi doimiy muloqotlar Özbekiston-Turkmaniston hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötargani va amaliy mazmun bilan boyitgani ta'kidlandi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil mart oyida Turkmanistonga davlat taşrifi davomida Strategik şeriklik töğrisida şartnoma imzolandi.
Amaliy hamkorlik va aloqalar barça yönalişlarda sezilarli faollaşdi. Savdo, işlab çiqariş kooperatsiyasi, energetika, transport, qişloq xöjaligi va boşqa sohalarda yirik loyihalar amalga oşirilmoqda.
Çegaraoldi hududlar örtasidagi samarali hamkorlik mustahkamlanmoqda. Işbilarmonlik va madaniyat sohalariga doir qator qöşma tadbirlar muvaffaqiyatli ötkazildi.
Prezidentlar Özbekiston va Turkmaniston örtasidagi köp qirrali şeriklikni yanada rivojlantiriş, avvalo, savdo-iqtisodiy sohada yangi loyiha va dasturlarni amalga oşiriş muhimligini alohida qayd etdilar.
Özbekiston va Turkmaniston rahbarlari, şuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari böyiça fikr almaşdilar.












