Prezident Şavkat Mirziyoyev 11 dekabr kuni Aşxobod şahriga taşrifi davomida turkman xalqining milliy yetakçisi, Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uçraşdi.

Suhbat davomida Özbekiston – Turkmaniston strategik şeriklik, döstlik va yaxşi qöşniçilik munosabatlarini, birinçi navbatda, siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, madaniy hamda gumanitar sohalarda yanada kengaytirişga alohida e’tibor qaratildi.

Özbekiston va Turkmaniston yetakçilari mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ham körib çiqdi.

12 dekabr kuni Mirziyoyev Turkmanistonning doimiy betarafligi e’lon qilinganining 30 yilligi, Xalqaro betaraflik kuni hamda 2025 yil «Xalqaro tinçlik va işonç yili» deb e’lon qilinganiga bağişlangan xalqaro forumda iştirok etadi.