Miokrad infarkti köp odamlarning hayotiga zomin böladi, yurakdagi tuzatib bölmas özgarişlar esa yurak xurujidan 20 daqiqa ötiboq paydo böladi. Şu bois juda tezkorlik bilan harakat qiliş kerak.
Infarkt qayerdan paydo böladi?
Miokard infarkti — bu yurak töqimalari nekrozi (halokati). U oziqlantiruvçi arteriyalarning torayişi natijasida muşaklarga kislorod yetişmaganda paydo böladi.
Işemik kasallik infarktga aylanişi uçun ba'zan heç qanday qözğatuvçi omillar kerak bölmaydi: şunçaki uyqudan uyğonib, karavotdan turişning özi yetarli. Stress yoki noodatiy jismoniy harakatda yurak xuruji xavfi oşadi.
Bu infarkt ekanini qanday tuşuniş mumkin?
Asosiy belgi — kökrak qafasidagi kuçli oğriq, bu ba'zan çap qöl, çap yelkada ham kuzatiladi. Oğriq har xil böladi: kökrak qafasi siqiladi, qiziydi. Oğriq bilan birga qörquv ham qamrab oladi, inson tinçini yöqotadi.
Infarkt turiga qarab farqlanuvçi boşqa belgilar ham mavjud:
- Xuddi astma kasalligida kuzatilgani kabi insonga havo yetişmaydi, biroq nafasni yengillaştiruvçi preparatlardan bemorning ahvoli yaxşilanmaydi;
- Odam zaiflaşadi, rangparlaşadi, qöl va oyoqlari muzlaydi;
- Aritmiya rivojlanadi;
- Qorin oğriydi, köngil aynişi kuzatiladi;
- Inson muvozanatini yöqotadi, holsizlanadi, insult belgilari paydo böladi.
Yurak xuruji röy berdimi yoki yöq - şifokorlar EKG yordamida aniqlaşlari mumkin.
Yurak xuruji bölsa, nima qiliş kerak?
Yoningizdagi odam özini yomon his qilsa va siz kasallik belgilarini yurak xurujiga öxşatsangiz:
- Bemorning boşini baland kötarib yotqizing;
- Tez yordam çaqiring. Bemorni imkon qadar tezroq şifoxonaga yetkaziş kerak;
- Noqulay kiyim tugmalarini yeçing;
- Derazani oçing yoki boşqa bir usul yordamida bemor yotgan xonaga toza havo kirişini ta'minlang;
- Bemorning qon bosimini ölçang. Agar qon bosimi baland bölsa, bemorning tili ostiga nitroglitserin qöying. Agar ahvoli yaxşilana boşlasa, 5 daqiqadan keyin ikkinçi tabletkani berişingiz kerak. Yodingizda bölsin - nitroglitserinni uç martadan köp beriş mumkin emas;
- Aspirin tabletkasini çaynaşga bering;
- Agar sistolik (yuqori) qon bosimi 110 mm'dan past bölsa, heç nima bermang;
- Bemorni tinçlantirişga harakat qiling;
- Yordamga yetib kelgan şifokorlarga xuruj qaçon boşlangani, bemorning nimadan şikoyat qilgani, dori berdingizmi, bergan bölsangiz, qança - barçasi haqida ma'lumot bering.
Yurak xurujidan qanday himoyalaniş mumkin?
Yurak xuruji köproq 50 yoşdan oşgan kişilarda qayd etiladi. Şuningdek oila a'zolarida yurak xuruji kuzatilgan yoş erkaklar ham xavf guruhidadir.
Bundan taşqari, çekiş, spirtli içimlilar iste'moli, yuqori qon bosimi, ortiqça vazn, notöğri ovqatlaniş va kamharakat hayot tarzi ham yurak bilan boğliq jiddiy muammolarni keltirib çiqaradi. Inson kam harakat qilsa, oxir-oqibat har qanday jismoniy harakat unga ortiqçalik qilişi mumkin.
Genetika, yoş va jins bilan bahslaşib bölmaydi, hayot tarzimizni esa özimiz tanlaymiz. Bu profilaktikaning juda zerikarli retsepti bölişi mumkin, lekin boşqalari iş bermaydi!












