“Ötkir yurak-qon tomir va tserebrovaskulyar kasalliklarning oldini oliş çora-tadbirlarini takomillaştiriş” yönalişidagi taşabbuslarga köra, milliy dastur 2026 yil 1 maydan avvalambor Samarqand viloyati va Toşkent şahrida yölga qöyiladi. Keyingi bosqiçda, 1 oktyabrdan dastur Andijon, Namangan va Farğona viloyatlariga kengaytiriladi. 2027 yildan esa uni boşqa hududlarda ham joriy etiş közda tutilgan.

Milliy dastur doirasida quyidagi muhim yönalişlar belgilangan:

  • 30 yoşdan oşgan aholi örtasida yillik skrining va maqsadli tibbiy tekşiruvlar: aholi orasida yiliga kamida bir marta sörov (survey) ötkaziş va natijalarga köra xavf guruhlarida maqsadli köriklarni taşkil etiş;
  • şoşilinç tibbiy yordamni “oltin soat” tamoyili asosida kuçaytiriş: xalqaro standartlarga muvofiq infarkt va insult kabi holatlarda tezkor yordam körsatiş vaqti böyiça tartib-qoidalarni joriy etiş;
  • klinik marşrutlar (clinical pathways) va şoşilinç yordam algoritmlari: bemorlarni qabul qilişdan tortib davolaşgaça bölgan jarayonlarni standartlaştiriş va amaliyotga kiritiş;
  • tez yordam brigadalarini raqamli uskunalar bilan jihozlaş: telemetrik elektrokardiograf va monitorli defibrillyatorlar, şuningdek, EKG natijalarini sun’iy intellekt yordamida tahlil qiliş va real vaqtda uzatiş imkoniyatini yaratiş;
  • statsionarlarda raqamli yöl xaritalari va AI-diagnostika: insult diagnostikasida sun’iy intellekt elementlarini qöllaş, bemor “yönalişi”ni raqamlaştiriş, zarur dori vositalari va materiallar bilan ta’minlaş.

Rasmiy ma’lumotlarga köra, dasturni moliyalaştiriş uçun 2026 yilda 239 mlrd söm, 2027 yildan boşlab har yili 280 mlrd söm ajratilişi qayd etilgan.