2-3 yanvar kunlarida Angliya çempionatida 22-tur uçraşuvlari ötkazildi. «Tribuna» turning asosiy voqealarini körib çiqadi.
Morata - memlar qahramoni

Bu mavsumda Angliya çempionatidagi eng tomoşabop öyin Londonda, «Emireyts» öyingohida bölib ötdi. «Arsenal» «Lester»ga qarşi öyinda irodali ğalabaga erişgandi, «MYu»ga qarşi öyin de Xeaning benefisiga aylandi, «Liverpul» (3:3) va «Çelsi»ga (2:2) qarşi öyinlarning oxirgi daqiqalari dahşatli tarzda keçdi.
3 yanvar oqşomida keçgan uçraşuvda «Çelsi» hujumçisi Alvaro Morata qulay imkoniyatlarni kökka sovurmaganida, öyinning ikkinçi qismi bu qadar kuraş ostida keçmagan bölardi. Ammo ispaniyalik futbolçi gol urmaslik qiyin bölgan vaziyatlarda buni uddaladi va memlar qahramoniga aylandi. Internetda şunday hazilomuz ibora aylanmoqda «Tupak hamon tirik bölardi, agar uni Morata öqqa tutganida».

Arsen Venger esa öyindan keyin hakamlikdan qattiq norozilik bildirdi. Uning fikriça, Azar bilan boğliq vaziyatda penalti berişga asos yöq edi.

U bundan ham asabiy bölişi mumkin edi, agar öyinda oxirgi daqiqalarda hisob Bellerin tomonidan tenglaştirilganidan keyin Dzappakostaning zarbasi tösindan qaytmay gol bölganida. Undan jurnalistlar şunday ehtimolga reaksiyasini söraşdi. Uning javobi esa şunday böldi: «Özimni öldirgan bölardim».
Barhayot De Bryuyne

«Mançester Siti»ni yengib bölmaydi, uning yetakçisini töxtatib bölmaydi. «Kristal Pelas»ga qarşi öyin oxirida Pançeon tomonidan qöpollik bilan yiqitilgaç, zambilda maydondan olib çiqib ketilgan Kevin De Bryuynening oyoği singani, u kamida ikki hafta maydonga qayta olmasligi kutilgandi. Ammo u 48 soat ötib yana maydonda va «Uotford»ga qarşi öyinda jamoasining ğalabasiga yordam berdi, uning pasini raqib futbolçisi Kabasele öz jamoasi darvozasiga kiritib yubordi. Unga qöpollik qilgan va özi ham zambilda maydondan olib çiqilgan Pançeon esa bu mavsumda futbol öynamaydi.
«Siti» 22 uçraşuvdirki, mağlubiyat neligini bilmayapti. Öyinning 39-soniyasidayoq Rahim Sterling hisobni oçgandi. Endi u mavsumda eng tez va eng keç urilgan gollar muallifi bölgan futbolçidir.
Mourino Skoulzga qarşi

Bu turda «Mançester Yunayted» ğalabasiz seriyasini yakunladi, Lingard gol urişda davom etdi, u va Marsiyal Lukaku hamda Zlatan Ibrahimoviçning yöqligini bildirmadi. Hamma xursand edi, Mourino esa «suvni loyqalaş» uçun sabab topa oldi. U «MYu»ning afsonaviy futbolçisi Pol Skoulzning jamoaning hozirgi futbolçisi Pol Skoulz haqidagi va umuman jamoa futbolçilari oxirgi vaqtlarda öta toliqqan kişilarga öxşab harakatlanayotganini aytib qilgan tanqidlarini eslab qoldi.
«Menimça, Skoulzning qilar işi şarhlovçilik emas, tanqidçilik. Men u futbol şarhlayapti deb öylamayman. Şarhlovçilik va tanqidçilik turli iş. Skoulz tarixga buyuk futbolçi sifatida kiradi, futbol eksperti sifatida emas. Agar u qaçondir murabbiy bölsa, men unga men erişgan muvaffaqiyatlarning heç bölmasa, 25 foiziga erişişini tilayman. Bu 6taga yaqin sovringa teng. Menimça, uni bu qoniqtirgan bölardi», dedi Mourino ğalabali öyindan keyingi matbuot anjumani vaqtida.
Şuningdek, Mourino yana bir bor turnir taqvimini qoraladi. Yil yangi, Mourino öşa öşa Mourino.
Van Deyk maydonga tuşmasdan «Liverpul»ga yordam bermoqda

Dunyoning eng qimmat himoyaçisiga aylangan Virjiyl van Deyk yana «Liverpul» öyiniga zayavka qilinmadi. Ammo «Byornli»ga qarşi öyinning oxirgi daqiqasida mersisaydliklar jamoasi himoyaçilari ğalaba golini urişdi - Lovren uzatgan pasni Klavan darvoza töriga joyladi. Ijtimoiy tarmoqda esa şunday gap aylana boşladi: «Tarkibdagi örning xavf ostida qolgaç, nimalar qilmaysan?».
Yurgen Klopp jarohat olgan Saloh va jarohat olgani aytilayotgan Koutino (u tez vaqt içida «Barselona»ga ötişi kutilmoqda) yöqligida ham ğalabalarga erişmoqda.
Keyn kimga kerak?

Keyn ötgan yilni rekord bilan yakunladi, Maurisio Poçettino esa unga dam berişga qaror qildi va «Suonsi»ga qarşi öyinga asosiy hujumçi sifatida Lorenteni tuşirdi. Ispaniyalik futbolçi esa 12-daqiqadayoq hisobni oçdi.

Keyn ikkinçi bölimda maydonga tuşirildi, ammo uning ğalabaga yordami kerak bölmadi, öyin oxirida Dele Alli hisobni 2:0 körinişiga keltirdi.
22-tur öyinlari
«Brayton» - «Bornmut» - 2:2 (1:1).
Gollar: Knokkart, 5 (1:0). S.Kuk, 33 (1:1). Marrey, 48 (2:1). Uilson, 79 (2:2).
«Lester» - «Haddersfild» - 3:0 (0:0).
Gollar: Mahrez, 53 (1:0). Slimani, 60 (2:0). Olbrayton, 90+2 (3:0).
«Stouk Siti» - «Nyukasl Yunayted» - 0:1 (0:0).
Gol: Peres, 73 (0:1).
«Byornli» - «Liverpul» - 1:2 (0:0)
Gollar: Mane, 61 (0:1). Gudmundsson, 87 (1:1). Klavan, 90+4 (1:2).
«Everton» - «Mançester Yunayted» - 0:2 (0:0).
Gollar: Marsiyal, 57 (0:1). Lingard, 81 (0:2).
«Sauthempton» - «Kristal Pelas» - 1:2 (1:0).
Gollar: Long, 17 (1:0). Makartur, 69 (1:1). Milivoyeviç, 80 (1:2).
«Suonsi» - «Tottenhem Hotspur» - 0:2 (0:1)
Gollar: Lorente, 12 (0:1). Alli, 89 (0:2).
«Vest Hem Yunayted» - «Vest Bromviç» - 2:1 (0:1)
Gollar: Makklin, 30 (0:1). Kerroll, 59 (1:1). Kerroll, 90+4 (2:1).
«Mançester Siti» - «Uotford» - 3:1 (2:0).
Gollar: Sterling, 1 (1:0). Kabasele, 13 - avtogol (2:0). Aguero, 63 (3:0). Grey, 82 (3:1).
«Arsenal» - «Çelsi» - 2:2 (0:0)
Gollar: Uilşir, 63 (1:0). Azar, 67 - (penaltidan 1:1). Alonso, 84 (1:2). Bellerin, 90+2 (2:2).
Turnir jadvali












