Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatiga taşrifi davomida Yangiyöl tumani tibbiyot birlaşmasida böldi.
Prezident mazkur tibbiyot birlaşmasi faoliyati bilan tanişdi. Bu yerda davolanayotgan bemorlar ahvoli, turmuş şaroiti bilan qiziqdi, ular bilan muloqot qildi.
Yangiyöl tumanida 262 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Tuman tibbiyot birlaşmasining ilk binosi 1912 yilda qurilgan. Sönggi binosi 1979 yilda foydalanişga topşirilgan. Keyingi yillarda binolarda qisman ta'mirlaş işlari olib borilgan. Bugungi kunga kelib şifo maskanining aksariyat binolari ma'nan eskirgan. Tibbiy asbob-uskunalar bilan ta'minlaniş darajasi ham zamon talablariga javob bermaydi. Oddiy holatlarda ham bemorlar poytaxtdagi tibbiyot maskanlariga qatnab, muolaja olişga majbur bölmoqda.
«Tibbiyot sohasida amalga oşirilayotgan islohotlardan közlangan asosiy maqsad odamlarni rozi qiliş, salomatligini yanada mustahkamlaşdir. Joylardagi ahvol bilan tanişayotganimiz, tibbiyot muassasalardagi şaroitlarni örganayotganimiz kelgusida işlarimizni töğri yölga solişda yaxşi samara beradi», deya prezident sözlarini keltirgan ÖzA.
Yangiyöl tumani tibbiyot birlaşmasi hududi salkam 10 gektarni taşkil etadi. Davlat rahbari bu yerda yaqin kelajakda 5 gektarda 20 dan ortiq yönalişda xususiy, qolgan qismida davlat tibbiyot muassasalarini taşkil etiş, ularni eng zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta'minlaş yuzasidan topşiriqlar berdi.












