Prezident Şavkat Mirziyoyev xorijiy mamlakatlarda tadbirkorlik qilayotgan va bu borada muvaffaqiyatga erişgan boy özbekistonliklarni vatanlariga qaytişga hamda ularni tekşirtirmaslikka va'da berdi. U Toşkent viloyati faollari bilan uçraşuvida qilgan ma'ruzasida şu haqda bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Özbekiston 24 telekanali.
“Toşkent viloyatining özi 500 mln dollar meva-sabzavot eksport qila oladi. Mening bunga 100 foiz hisob-kitobim bor. Kelamiz şu kunlarga. Çidaşimiz, işlaşimiz kerak. Meva-sabzavot eksportining hamma puli oldingidek Markaziy bankka kelmaydi. Qayerga keladi, tadbirkorning kissasiga keladi. Tadbirkor xalq-ku.
Hozir 1-2 tadbirkorning puli çet elda. Men nima uçun baralla aytayapman: hamma eşitsin! Özbekistonga pulini qöygan birorta odamni tekşirtirmayman. Olib kelinglar pullaringni. Qöyinglar, korxona, zavod quringlar, klaster qilinglar. Neça million qilsanglar ham, böldi u davr tugadi, endi. Bölgan iş bölib böldi. Olib kelinglar pullaringni. Millatimizni iş bilan ta'minlaylik.
Hokimlar özining iş bilan, ma'naviyat, ma'rifat, tarbiya bilan şuğullanişi kerak. Xonasini qöriqlamasdan, Xitoyga, Indoneziyaga borişi kerak. Singapurga, Koreyaga borib, yangi ğoya olib kelişi kerak”, - dedi davlat rahbari.











