Rossiyaning Ryazan viloyati Ryajskiy tumani politsiyasi ma'lumotlariga köra, 2017 yil 11 yanvarga ötar keçasi Şeremetevo qişloğida joylaşgan şaxsiy uyda zaharli gaz isidan Özbekiston Respublikasining 4 nafar fuqarosi zaharlangan. Viloyat tergov boşqarmasining aniqlanişiça, barça şaxslar rasman mahalliy fermer xöjaligida mehnat qilişgan. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
Hayotdan köz yumganlar quyidagilar:
1. Samadov Panji Norsoatoviç, 10.05.1966 yilda tuğilgan, Surxondaryo viloyati Denov tumani, «Qiziljar» aholi punkti Çortoş köçasi manzilida röyxatdan ötgan;
2. Pazilov Örmonjon Numonoviç, 22.01.1966 yilda tuğilgan, Andijon viloyati Jalaquduq tumani, «Voxilxaram» qişloq fuqarolar yiğini manzilida röyxatdan ötgan;
3. Mirzojonov Alijon Yuldoşoviç, 25.09.1969 yilda tuğilgan, Andijon viloyati Qörğontepa tumani, «Çimyon» qişloq fuqarolar yiğini Döstlik köçasi manzilida röyxatdan ötgan;
4. Xayitov Samat Ilmuratoviç, 09.07.1981 yilda tuğilgan, Navoiy viloyati Zarafşon şahri, 11-kiçik nohiya 8-uy, 8-xonadonda röyxatdan ötgan.
Buxoro viloyati Ğijduvon tumani «Ulfatbibi» qişloq fuqarolar yiğini, Beştuvo köçasi manzilida röyxatdan ötgan Özbekiston Respublikasi fuqarosi Saidov Şerxon Muhammadoviç (26.11.1990 yilda tuğilgan) Ryajskiy tuman kasalxonasining jonlantiriş bölimida salomatligi oğir holatda saqlanmoqda.
Qayd etilişiça, amaliy yordam beriş va masalalarni öz örnida hal etiş maqsadida Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi xodimlari Ryazan viloyatiga zudlik bilan jönab ketişgan.
















