10 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirokida Prezident huzuridagi Xavfsizlik Kengaşining kengaytirilgan tartibdagi yiğilişi bölib ötdi.
Davlat rahbari yiğilişda nutq qilib, kiriş sözida mazkur tadbir Özbekiston Qurolli Kuçlari taşkil etilganiga 26 yil tölişi hamda 14 yanvar Vatan himoyaçilari kuni arafasida ötkazilayotganini alohida ta'kidlab ötdi. Şu munosabati bilan Şavkat Mirziyoyev barçani yaqin kelayotgan bayram bilan samimiy qutladi.
«Men yil davomida Qurolli Kuçlarning jangovar tayyorgarligi va qobiliyatini tahlil qilib bordim. Harbiy öquv maşqlarini bevosita joylardan kuzatdim, harbiy xizmatçi bilan suhbatlaşdim, mutasaddi şaxslarning hisobotlarini eşitdim. Natijada, köp yillar davomida yiğilib qolgan jiddiy va tizimli muammolar aniqlandi. Bular (harbiy - tahr.) kadrlar masalasi, qöşinlarni zamonaviy qurol-yaroğ bilan ta'minlaş, harbiy xizmatçilarni ijtimoiy himoya qiliş, yoşlar va harbiy xizmatçilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş bilan boğliq masalalardir», deb ta'kidladi prezident.
Şavkat Mirziyoyevning aytişiça, ötgan yili hal qilinişi zarur bölgan köplab masalalarga oid qaror va qonunlar qabul qilindi.
«Lekin, tan oliş kerakki, ularning barçasi tizimli emas, balki ma'lum bir böğindagi muammoni hal etişga qaratilgan. Ana şu holatlarni hisobga olgan holda, Vatanimiz çegarasi va xavfsizligini ta'minlaşdek mas'uliyatni anglagan holda biz yangilangan Mudofaa doktrinasini qabul qildik.
Bizning endi xato qilişga haqimiz yöq, şu narsani töğri anglagan holda işga kirişaylik», deya e'tirof etdi Şavkat Mirziyoyev.












