Şimoliy Koreya​dan kelib, Vladivostokda işlamoqçi bölgan mehnat muhojirlari örnini özbekistonliklar töldirişi mumkin. Bu haqda gubernator vazifasini bajaruvçi Andrey Tarasenko ma'lum qildi.
Gap şundaki, BMT Xavfsizlik Kengaşi tomonidan 2375-son rezolyutsiya qabul qilinganidan söng, Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin mamlakatda mazkur hujjatga amal qiliş böyiça farmoyişni imzolagandi. Unga köra, Primorya hududiga iş izlab kelgan koreyalik muhojirlarni qonuniy tartibda işga qabul qiliş taqiqlandi. 

Yaponiya hukumati ham Rossiyadan 25 mingga yaqin KXDR fuqarolariga iş bermaslikni sörab, diplomatik nota yuborgan. Endilikda A.Tarasenko böşab qolgan iş örinlarini Özbekiston fuqarolari bilan töldiriş imkoniyatidan foydalanmoqçiligini ma'lum qilgan. Şunga qaramay, işga joylaştirilgan 10 ming nafar KXDR fuqarolari RFda faoliyatini davom ettirişi e'lon qilindi.

Uning aytişiça, Özbekiston Respublikasining Vladivostokdagi konsullik idorasi xodimlari bilan örnatilgan tartibda muzokaralar boşlangan.