Özbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining tezkor xodimlari Harbiy prokuratura va Boş prokuratura huzuridagi Departament vakillari bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida harbiy poligon qurilişi bilan boğliq tenderda yordam beriş uçun pul talab qilgan firibgarni qölga olişdi.

1974 yili Toşkent viloyatining Piskent şahrida tuğilgan va ayni vaqtda Olmaliq şahrida yaşovçi, "Kompozit arsenal stroy" MÇJ rahbari Ötkir Abdunaimov pudratçi taşkilotlardan birining boş direktoridan firibgarlik yöli bilan xorijiy valyutada yirik miqdorda pul olişga harakat qilgan.

U Samarqand viloyatida umumiy qiymati 42,5 milliard sömni taşkil etadigan harbiy poligonni quriş böyiça ötkaziladigan tenderda yutib çiqişda göyoki yordam beriş evaziga 50 ming AQŞ dollari söragan.

Qayd etilişiça, bu O‘.Abdunaimov bilan boğliq birinçi qonunbuzarlik emas. Xususan, 2016 yilning oktabr oyida u yuqorida tilga olingan pudratçi taşkilot boş direktorining qarindoşlaridan birini aldaşi oqibatida, direktorning qarindoşi Sirdaryo viloyatida yöl qurilişi jarayonida öz işçilaridan 50 million söm qarz bölib qolgan.

Yangi ToşMI atrofida firibgar 20 ming AQŞ dollarini avans sifatida olayotgan vaqtda uşlandi.

Hozirgi paytda Özbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan Ötkir Abdunaimovga nisbatan Jinoyat kodeksining 168- (Firibgarlik) va 211-moddasi (Pora beriş) böyiça jinoyat işi qözğatildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.