Moskvadan Samarqandga parvoz qilişni rejalaştirgan samolyot bortidan mast yölovçi çiqarib olindi. Hodisa Vnukovo aeroportida yuz berdi, deb xabar bermoqda Rossiya IIV TBning MFO böyiça matbuot xizmati.

Ma'lum bölişiça, yölovçi trap samolyotdan uzoqlaşganidan söng, ya'ni samolyot parvozga kötarilişga tayyorlanayotganida özini yomon tuta boşlagan.

Ekipaj beboş yölovçini tartibga keltira olmagan. Havo kemasi qömondoni uni salondan çiqarib yuboriş haqida qaror qabul qilgan.

"Havo kemasi qömondoni tomonidan yölovçiga mast bölgani uçun parvozni amalga oşirişda rad javobi berildi. Yölovçi navbatçilik qismiga yetkazildi. U Özbekiston Respublikasi fuqarosi ekani aniqlandi. Huquqbuzarga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirildi", - deya ta'kidlab ötişgan mahkamadan.