Sayyohlik infratuzilmasini rivojlantiriş uçun qator keng kölamli loyihalar rejalaştirilmoqda. Ularning amalga oşirilişi tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar oliş va soliq imtiyozlariga ega böliş imkonini beradi. Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimov şu haqida ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, mehmonxonalar, mavzuiy parklar, umumiy ovqatlaniş punktlari va boşqa turistik infratuzilmalar obektlarini quriş sayyohlar uçun avtobuslar xaridiga doir investitsion loyihalarni moliyalaştiriş uçun Özbekiston rekonstruksiya va rivojlaniş fondining 200 million dollar miqdoridagi kredit liniyasi oçilişi rejalaştirilmoqda.
Tadbirkorlarga qurilişlar uçun turizmni rivojlantiriş salohiyati yuqori bölgan hududlarda foydalanilmagan yer uçastkalari ajratiladi.

Turizm sohasini qöllab-quvvatlaşga doir byudjyetdan taşqari fond mablağlari evaziga mehmonxonalar va mehmon uylari loyihalarini qölga kiritiş közlangan. Keyin esa bu loyihalar hayotga tatbiq qilinişi uçun tadbirkorlarga beriladi.
Turizm sohasiga kiritiladigan investitsiyalar hajmini oşiriş böyiça "Yöl xaritalari" işlab çiqilgan. Özbekistonda har yili Investorlar forumini ötkaziş rejalaştirilmoqda.
Madaniy meros obektlarida smart-texnologiyalarni faol tatbiq etiş zarurati qayd etildi. Şu munosabat bilan yagona çipta va mehmonlarni elektron röyxatdan ötkaziş tizimlari kabi yönalişlarni öz içiga olgan konsepsiya işlab çiqilmoqda. Mazkur konsepsiya şuningdek virtual turlarni taşkillaştiriş, audiogidlarni örnatiş, xorijiy tillarda tarixiy obidalarning elektron kataloglari va ularning 3D-modellarini işlab çiqişni közda tutadi. Madaniy-tarixiy meros obektlari haqidagi batafsil ma'lumotlarni özida jamlagan mobil ilovalar işlab çiqiladi.
Sayyohlik maskanlarida Wi-Fi orqali internetga ulaniş böyiça işlar amalga oşiriladi. Loyihani amalga oşiriş şuningdek internet-provayderlar uçun ham qator preferensiyalarni taqdim etişni nazarda tutadi.
Xorazm, Farğona, Jizzax, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yangi sayyohlik zonalari va toğ klasterlarini yölga qöyiş rejalaştirilmoqda.
Sayyohlik agentliklari, mehmonxonalar va boşqa tadbirkorlik sub'yektlarining saytlari takomillaştiriladi. Kompaniyalarning internet-resurslarida elektron band qiliş, onlayn xizmatlar tölovi va boşqa servislar joriy qilinadi. Saytlar turistik mahsulotlar va xizmatlarni sotişda samarali jihozga aylanişi kutilmoqda.












