Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi Özbekistonda yangi "Hospitality contract" ("Mehmondöstlik şartnomasi") tizimini yölga qöyadi. Bu haqida Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimov KUN.UZ muxbiriga eksklyuziv ma'lumot berdi.
Sayyohlar Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi bilan "Hospitality contract" şartnomasini imzolaydi, u quyidagilarni öz zimmasiga oladi:
- Kelgan mehmonni hamişa yuzda tabassum bilan kutib oliş; hamma joyda - misol uçun, bojxonada, dökonlarda va h.k.
- Mijozlar bilan muomalada heç qaçon qöpollikka yöl qöymaslik;
- Xonalar, hojatxonani hamişa ozoda saqlaş;
- Mahsulotlar kamida ikkita tilda yozilgan bölişi.
"Umuman olganda, kelgan odam kutilgan mehmon ekanini his qilişi kerak. Bir yillik şartnoma qilamiz, devorga yo eşikka yopişitirib qöyiş mumkin. "Tourist friendly" ham bölişi mumkin, lekin uning sertifikatsiyasi biroz oğirroq", - deydi Qömita raisi.
Qandaydir qöpolliklar yoki qoidaga zid vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasiga qönğiroq qilinadi va röyxatdan çiqarib yuboriladi. Bu ma'muriy çora emas, sohaga noan'anaviy yondaşuv hisoblanadi.
Qömita raisi özbek xalqi aslida mehmondöst xalq ekani, şunçaki bu jarayonlarni bir tizimga tuşirib oliş lozimligini qöşimça qildi.












