Yaponiyaning NHK telekompaniyasi tomoşabinlarni Şimoliy Koreyadan ballistik raketa uçirilganidan va şoşilinç evakuatsiya zarurligidan ogohlantirdi. Keyinroq kanal uşbu ogohlantirişni xatolik tufayli yuborganini tan olgan. 

“J-Alert ogohlantiriş tizimi Şimoliy Koreyadan raketa uçirilgani sababli işga tuşgani haqida NHK sayti va dasturida tarqatilgan xabar xato bölgan. Biz uzrimizni keltiramiz”, deb ma'lum qilgan telekompaniya. 

Şunga öxşaş voqea bir neça kun avval Havayi ştatida yuz bergandi. Ştat aholisi ballistik raketa xavfi haqida ogohlantiriş olgan. “Havayi yönalişida ballistik raketa xavfi. Zudlik bilan panagoh toping. Bu maşğulot emas”, deyilgandi sms-xabarda. 

Biroq keyinroq uşbu ogohlantiriş soxta bölgani va favqulodda vaziyatlar agentligi xodimining xatosi tufayli berilgani aniqlangan. Hukumat bu xabar notöğri ekanligi haqida raddiya bermagunça, aholi orasida yarim soatça vahima kuzatilgan.