Yaponiya barça davlatlarni Şimoliy Koreya bilan diplomatik aloqalarni uzişga va şimoliy koreyalik işçilarni çiqarib yuborişga çaqirdi. Bu haqda Yaponiya taşqi işlar vaziri Taro Kono ma'lum qildi. 

“Şimoliy Koreya Seul bilan muloqot qilayotganini sanksiyalar naf berayotganining isboti sifatida talqin qiliş mumkin. Hozir barça davlatlar uçun BMTning tegişli rezolyutsiyalarini bajarişga sodiqliklarini körsatiş vaqtidir. Bu Şimoliy Koreya bilan diplomatik aloqalarni uzişni va şimoliy koreyalik işçilarni çiqarib yuborişni öz içiga olişi mumkin”, deb aytgan Kono Vankuverda Şimoliy Koreya böyiça ötgan uçraşuvda.

Kononing ta'kidlaşiça, yil Şimol va Janub örtasidagi muloqotlarning qayta yölga qöyilişi bilan boşlandi, biroq yadroviy va ballistik raketalar dasturlarini töxtatiş tomon siljiş yöq. 

“Biz birgalikda Şimoliy Koreya öz siyosatini qurolsizlaniş tomon özgartirişi uçun unga maksimal darajada bosimni kuçaytirişimiz lozim”, deb aytgan Kono.

Hozirda Kanadaning Vankuverida bir qator davlatlar taşqi işlar vazirlarining Şimoliy Koreya böyiça uçraşuvi ötmoqda. 

2017 yil dekabrda BMT Xavfsizlik kengaşi Şimoliy Koreyaga nisbatan yangi xalqaro sanksiyalar kiritdi. Rezolyutsiya qolgan bandlardan taşqari, BMTga a'zo barça davlatlarga şimoliy koreyalik mehnat muhojirlarini vatanlariga 2019 yil oxirigaça qaytarişni buyuradi.