Qirğiziston Respublikasi huquqni muhofaza etiş organlari payşanba kuni «mamlakatda 3ta qöporuvçilik harakati amalga oşirilişining oldi olingani» haqida ma'lumot berdi. Bu haqda Qirğiziston Respublikasi Içki işlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bergan.
«Ötgan yilda ekstremistik ğoyalarni tarğib etişda hamda xalqaro terrorçilikka aloqadorlikda gumon qilingan şaxslarga nisbatan 290ta jinoiy iş qözğatilgan. Şuningdek, 232 nafar gumondor qölga olingan bölib, ulardan 9041ta material tortib olingan. Bundan taşqari, qölbola yasalgan portlovçi moslamalar va uning qismlari, harbiy granatalar zararsizlantirilgan», deyiladi xabarda.
Ma'lum qilinişiça, 2017 yilda Qirğizistonda yuz berişi rejalaştirilgan 3ta terakt hodisasining oldi olingan. Oqibatda, işga aloqador, deb topilgan 17 nafar şaxs qölga olindi.












