Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov «qöynida toşi bor» «insofsiz siyosatçilar» respublika janubida qirğizlar bilan özbeklar örtasida millatlararo nizo çiqariş rejalarini muhokama qilayotganini aytdi. Bunday provokatorlarning maqsadi - kelgusi yilning yanvariga belgilangan prezidentlik saylovini barbod qiliş uçun tartibsizliklar keltirib çiqarişdir. Davlat rahbarining ijtimoiy tarmoqda yozişiça, bu kabi maʼlumotlar «bir qator manbalardan» kelib tuşgan.
Japarovning sözlariga köra, hozirça bular şunçaki gap-sözlar, ammo bu makkor niyatlarning amalga oşiş ehtimoli ham yöq emas.
«Gap şundaki, özbeklar va qirğizlar örtasida nizo çiqariş uçun yöq joydan mojaro qözğatiş, odamlarning his-tuyğulari bilan öynaşadigan hamda ularning milliy ğururiga tegadigan turli yolğon miş-mişlarni tarqatişning özi kifoya», - deb öz fikriga oydinlik kiritdi prezident.
U mamlakat 1990- va 2010- yillarda ham şunday fojialarni boşdan keçirganini yodga soldi. Öşanda tinç aholi halok bölgan, biroq millatlararo töqnaşuvlarning taşkilotçilari heç qanday jazo olmagan. Axir, Japarov taʼkidlaganidek, ular özaro adovatni avj oldirib, özlari çetda tomoşabin bölib, jarayonni mamnuniyat bilan kuzatib turadi. Buning ustiga, öşa voqealardan keyin oddiy oilalarning farzandlarigina umrbod qamoq jazosiga mahkum etilgan.
Şu bois Japarov butun aholini - qirğizlarni ham, özbeklarni ham iğvogarona bayonotlarga uçmaslikka va özlarini mojarolarga tortişlariga yöl qöymaslikka çaqirdi.
Prezident oqsoqollarga alohida murojaat qilib, 20–25 yoşdagi qiziqqon yoşlarni millatlararo töqnaşuvlar qançalik ayançli oqibatlarga olib kelişi mumkinligidan ogohlantirişni iltimos qildi.
Şu bilan birga, respublika rahbari bugungi Qirğiziston avvalgidek ojiz davlat emasligini taʼkidladi. Agar xavfli vaziyat yuzaga kelsa, «davlatning bir-ikki kun içida tartibsizliklarga çek qöyişga kuçi ham, imkoniyati ham yetadi».
Japarovning yozişiça, «insofsiz siyosatçilar» ilgari ham boşqa buzğunçi ğoyalarni ilgari surgan. Uning aytişiça, xalq Xitoy mavzusidagi iğvolarga uçmagaç, ikki qardoş xalq - özbeklar va qirğizlarni bir-biridan ajratiş hamda ularni töqnaştiriş rejalari paydo bölgan. Prezident ğanimlar safida «Xitoy - Qirğiziston - Özbekiston» temir yöli qurilişi yakunlanişidan xavfsirayotganlar ham borligini qöşimça qilib, bunday kimsalarni «uzoqni köra olmaydigan, tor fikrlaydigan va niyati buzuq odamlar» deb atadi.













